• Real vaqt tizimlari va OTlari
  • Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u




    Download 4,88 Mb.
    bet12/129
    Sana18.11.2023
    Hajmi4,88 Mb.
    #100808
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   129
    Bog'liq
    a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

    Server qismi (Server back-end) – katta ishonchlilik va katta resurslar hajmini taqdim etish maqsadlarida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarning lokal tarmoqqa birlashtirilgan guruhi hisoblanadi. Bunga yaqin bo‘lgan boshqa atama ma’lumotlarga ishlov berish markazi (data center) hisoblanadi. Bu tushuncha bulutli hisoblashlarning yanada keng tarqalishi bilan juda dolzarb, bu nuqtai nazardan eng zamonaviy mijoz-server o‘zaro ta’sirlashishi hisoblanadi.

    Klasterli hisoblash tizimlari va ularning OTlari


    Kompyuterlar klasterlari ilmiy hisoblashlar uchun juda ommalashgan. Kompyuterlar klasterlari tezkor lokal tarmoq orqali bog‘lanadi. Klasterlashtirish ikki yoki undan ortiq tizimlarga umumiy xotiradan foydalanishga imkon beradi. Klasterlashtirish yuqori ishonchlilikni ta’minlaydi. Klasterli hisoblash tizimi ko‘rinishi 1.5- rasmda keltirilgan.



    1.5- rasm. Klasterli hisoblash tizimi ko‘rinishi


    Kompyuterlar klasterlari quyidagi ikkita turlarga bo‘linadi:

    • assimmetrik klasterlashtirish (asymmetric clustering) – bitta kompyuter ilovani bajaradi, qolganlari esa turib qoladigan kompyuterlar klasterini tashkil etish;

    • simmetrik klasterlashtirish (symmetric clustering) – klasterning barcha mashinalari bir vaqtda bitta katta ilovaning turli qismlarini bajaradigan kompyuterlar klasterini tashkil etish.

    Shuningdek, quyidagilarga bo‘linadi:

    • yuqori tezlikli ulanishli klasterlar (high-availability clusters) – klaster kompyuterlari resurslariga, masalan, ma’lumotlar omborlariga optimal ulanishni ta’minlaydigan kompyuterlar klasterlari;

    • yuklanish balanslanadigan klasterlar (load-balancing clusters) – so‘rovlarni balanslaydigan (front-ends), serverlar qismlari (server back-end) kompyuterlari orasida topshiriqni taqsimlaydigan bir necha kompyuterlarga ega bo‘lgan kompyuterlar klasterlari.

    Klasterlar ko‘pincha universitetlarda va tadqiqotlar markazlarida (masalan, CERN, Shveytsariya) o‘rnatilgan. Klasterlar uchun operatsion tizimlarga Windows 2003 for clusters, Windows 2008 High-Performance Computing kiradi.

    Real vaqt tizimlari va OTlari


    Real vaqt tizimlari maxsus ilovalar uchun, masalan, ilmiy tajribalar uchun, tasvirlarga bog‘liq tibbiy tizimlarda, sanoatdagi boshqarish tizimlarida, aks ettirish (display) tizimlarida, kosmik uchishlarni boshqarish tizimlari, AESlarda va boshqalarda, boshqarish qurilmalari sifatida ko‘p ishlatiladi. Bunday tizimlar uchun aniq aniqlangan vaqt cheklashlarining bo‘lishi va bajarilishi (javob vaqti - response time, buzilishsiz ishlash vaqti va h.k.) o‘ziga xos. Real vaqt tizimlari hard real-time va soft real-time turlarga bo‘linadi.
    Real vaqt tizimlarining ikki turi mavjud. Ular quyidagilar:

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   129




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u

    Download 4,88 Mb.