|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 13/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штHard real-time - tizimlar – vaqt bo‘yicha cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda xatolik (rad etish) vujudga kelishi mumkin bo‘lgan real vaqt tizimlari hisoblanadi. Masalan, avtomobil dvigatelini boshqarish tizimi, kardiostimulyatorni boshqarish tizimi va boshqalar. Bunday tizimlarda ikkilamchi xotira cheklangan yoki mavjud emas. Ma’lumotlar operativ xotirada (RAM) yoki doimiy xotira qurilmasida (DXQ, ROM) saqlanadi.
Bunday tizimlardan foydalanishda umumiy maqsadlardagi OT uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan vaqtni bo‘lish tizimlari bilan nomuvofiqliklar vujudga kelishi mumkin. Oddiy til bilan aytganda, bunday tizimlarning ishlashida uzilishlarga ruxsat etilmaydi. Tizimning asosiy ishlash sikli uchun barcha zarur ma’lumotlar oldindan xotiraga yuklanishi kerak. Bunday tizimning kodini bajaradigan jarayon diskka ko‘chirilishi mumkin emas.
Bunday tizimlar uchun OT odatda soddalashtirilgan, virtual xotira o‘rniga fizik xotira ajratiladi, qolgan barcha resurslarni virtuallashtirish turlari bo‘lishi mumkin emas. Real vaqt OTlarini ommaviy ishlab chiqish amaliyoti umumiy maqsadlardagi OTlar ochiq dastlabki kodlari asosida “barcha ortiqchaliklarni olib tashlash” yo‘li bilan bunday OTlarni ishlab chiqish amaliyoti hisoblanadi. Lekin bunda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak bo‘ladi.
Soft real-time - tizimlar – vaqt bo‘yicha cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda xatolikka (rad etishga) olib kelmaydigan real vaqt tizimlari hisoblanadi. Odatda bu doimiy o‘zgaradigan vaziyatli bir necha o‘zaro bog‘langan tizimlarni boshqarish tizimi hisoblanadi. Misol, tijorat havo yo‘llaridagi parvozlarni rejalashtirish tizimi hisoblanadi.
Bunday tizimdagi qandaydir kechikishda, eng yomon holda, ayrim parvozlarning yo‘lovchilariga aeroportda biroz kutishga to‘g‘ri keladi, lekin hech qanday halokatli oqibatlar bo‘lmaydi. Bunday tizimlar sanoat boshqarish tizimlar va robotlar texnikasi uchun cheklangan foydalilikka ega. Ular yana OTlar rivojlangan imkoniyatlarini talab qiladigan zamonaviy ilovalar uchun (masalan, multimedia va virtual reallik uchun) foydali bo‘ladi.
Cho‘ntak kompyuterlari (handhelds) va ularning OTlari
Bu sinfdagi qurilmalarga cho‘ntak personal kompyuterlari (ChPK) yoki Personal Digital Assistants (PDA) va mobil telefonlar kiradi. Bu sinfdagi kompyuterlarning o‘ziga xos xususiyatlari va muammolariga quyidaglar kiradi:
cheklangan xotira hajmi;
nisbatan sekin ishlaydigan protsessorlar: mobil qurilmalar uchun eng oddiy komandalarni bir necha sekundlarda bajarilishini kutish oddiy hol, bu noqulay;
monitorlar (displeylar) ekranlarining kichik o‘lchami, bu yerdan GUIni qo‘llash uchun maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minot zarurati kelib chiqadi. Masalan, Java Micro Editionda (JME) mobil qurilmalar uchun Java versiyalarida GUIni ishlab chiqish uchun qulay AWT va Swing umumiy paketlaridan foydalanish zarur. Ularning o‘rniga JMEda ishlab chiquvchiga Java (JSE) standart nashri bilan moslashuvchan bo‘lmagan javax.microelectronics…lcdui turdagi maxsuslash-tirilgan paketlar taklif etiladi, bu kodni qurilmaning turiga, ba’zan esa ekranlarning turli o‘lchamlariga ega bo‘lgan mobil telefonlarning aniq bir modellariga bog‘liq bo‘ladi;
Internet orqali uncha yuqori bo‘lmagan aloqa tezligi. Masalan, mobil telefonlarning GPRS-modemi taxminan sekundiga 3-5 kilobayt – dial-up tezligidagi aloqani ta’minlaydi;
ma’lumotlarni uzatish uchun aloqa Bluetooth yoki IrDA (binobarin, u ko‘pincha bo‘lmaydi) orqali amalga oshiriladi. Barcha zarur portlar mavjud emas. Masalan, mobil qurilmalarning qismida USB port mavjud emas, ya’ni “fleshkadan” foydalanish mumkin emas, bu juda noqulay va Smart Media turdagi o‘ta kichik maxsus disklardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ular uchun stol kompyuterlarida o‘qish uchun adapterlar hamma vaqt ham bo‘lavermaydi.
Shunga qaramay, zamonaviy kommunikatsiya vositalari (masalan, Wi-Fi) va personal kompyuterlar bilan moslashuvchan portlar va tashqi xotira modullari cho‘ntak va mobil qurilmalarda ham ishlatila boshlanmoqda. Cho‘ntak va mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar va boshqa tizim dasturiy ta’minotida bu barcha cheklashlarni, xususan, cheklangan xotira hajmini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun qator qulay kundalik dasturiy imkoniyatlarni mobil qurilmalar uchun ta’qiqlashga to‘g‘ri keladi.
Bulutli hisoblashlar va bulutli hisoblashlar uchun OTlar
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|