|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 21/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штVazifalar navbati (job queue) – tizimdagi barcha jarayonlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Har bir yangi jarayon unga kelib tushadi va butun tizim davomida unda qoladi.
Tayyor jarayonlar navbati (ready queue) – asosiy xotirada joylashgan, tayyor va bajarilishini kutayotgan barcha jarayonlar to‘plamini o‘z ichiga olgan, eng ko‘p ishlatiladigan va o‘zgartiriladigan navbat. Unga har bir yangi jarayon, shuningdek, kiritish/chiqarishni tugallanishini kutayotgan har bir jarayon kelib tushadi.
Qurilmalar navbati (device queue) – kiritish/chiqarish qurilmalarini ishini tugallanishini kutayotgan jarayonlar navbati (har bir qurilma o‘z navbatiga ega).
Operatsion tizim tomonidan jarayonlarni boshqarish va tizimdagi jarayonlarning xatti-harakatlari turli navbatlar orasidagi ko‘chish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
2.11- rasmda tayyor jarayonlar va kiritish/chiqarish qurilmalari uchun navbat-ning diagrammasi ko‘rsatilgan.
2.11- rasm. Tayyor jarayonlar navbati va kiritish/chiqarish qurilmalari navbati
Jarayonlarni rejalashtirish va navbatlar bilan ishlashi quyidagi 2.12- rasmda keltirilgan. Har bir to‘rtburchak navbatni anglatadi. Ikki turdagi navbatlar mavjud: tayyor jarayonlar navbati va qurilmalar navbati. Doiralar navbatlarga xizmat qiladigan resurslarni anglatadi va strelkalar tizimdagi jarayonlar oqimini ko‘rsatadi. Dastlab yangi jarayon tayyorlilik navbatiga qo‘yiladi. U bajarilgunga qadar yoki ubajarilish uchun yuborilgunga qadar u yerda kutadi. Jarayon protsessor (CPU) bajarilgandan so‘ng, bir nechta hodisalardan biri sodir bo‘lishi mumkin:
Jarayon so‘rovni K/Ch qurilmasiga yuborishi, va keyin uni K/Ch navbatiga qo‘yishi mumkin.
Jarayon yangi farzand jarayonini yaratishi va uning tugatilishini kutishi mumkin.
Jarayon uzilishlar natijasida protsessordan majburiy ravishda olib tashlanishi va yana tayyorlilik navbatiga qo‘yilishi mumkin.
2.12- rasm. Jarayonni rejalashtirishning grafik ko‘rinishi
Tayyor jarayonlarning navbatidan boshlab, har bir jarayon oxir- oqibat protsessorga kelib tushadi va bajariladi. Bajarishda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni, bajarilish to‘xtatilishi mumkin: sinxron kiritish/chiqarish so‘rovi, jarayonga ajratilgan vaqt miqdorining tugashi, uzilish yoki farzand jarayonini yaratilishi. Klassik UNIX sxemasida, farzand jarayoni tizimni fork bilan chaqirish orqali yaratilganda, farzand jarayoni uchun yangi virtual xotira maydoni yaratiladi, unga ona xotirasi tarkibi ko‘chiriladi. Shundan so‘ng, ona jarayoni farzand jarayoniga yo‘l beradi. Farzand jarayonini yaratish uchun bunday sxema, albatta, har doim ham qulay emas.
Jarayonlarni rejalashtirishni amalga oshiradigan rejalashtiruvchilar
Operatsion tizimda jarayonlarni rejalashtirish odatda bir nechta rejalashtiruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, ularning har biri o‘z chaqiruvlar davriga va o‘zi hal qiladigan o‘ziga xos vazifasiga ega.
Rejalashtiruvchi (scheduler)bu – maxsus tizim dasturi bo‘lib, jarayonlarni turli usullar bilan rejalshtirishni amalga oshiradi. Asosiy maqsadi vazifani tizimga taqdim qilish uchun tanlash va qaysi jarayonlarni bajarishni hal qiladi.
Rejalashtiruvchilar 3 turda bo‘ladi:
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (Long-Term Scheduler);
O‘rta muddatli rejalashtiruvchi (Medium-Term Scheduler);
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (Short-Term Scheduler).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|