|
Operatsion tizimdagi oqimlar va ularning turlari
|
bet | 18/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
Oqim – bu operatsion tizimning mohiyati, protsessorda ko‘rsatmalar to‘plamini bajarish jarayoni, aniqrog‘i dastur kodi. Oqimlarning umumiy maqsadi ikki yoki ko‘plab turli xil vazifalarni protsessorda parallel bajarishdir.
2.5- rasm. Bitta oqimli bitta jarayon, uchta oqimli bitta jarayon ko‘rinishi
Oqim o‘zining kod segmenti, ma’lumotlar segmenti va ochiq fayllarini teng huquqli oqimlari bilan almashadi. Agar bir oqim kod segmentining xotira elementini o‘zgartirsa, qolgan barcha oqimlar buni ko‘radi. Oqim yengil jarayon deb ham ataladi. Oqimlar parallellash orqali dastur samaradorligini oshirish usulini taqdim etadi. Quyidagi rasmda bir oqimli va ko‘p oqimli jarayonlarning ishlashi ko‘rsatilgan.
Oqimlar - bu klassik jarayonga mos keladigan ishchi oqimlarni kamaytirish hisobiga operatsion tizimning ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan dasturiy yondashuv.
2.1- jadval. Jarayon va oqim o‘rtasidagi farq
№
|
Jarayon
|
Oqim
|
1
|
Jarayon og‘ir yoki ko‘p resurs talab qiladi
|
Oqim yengil va jarayonga qaraganda kamroq resurslarni
talab qiladi
|
2
|
Jarayonni almashtirish operatsion tizim bilan o‘zaro
aloqani talab qiladi
|
Oqimlarni almashtirish operatsion tizim bilan o‘zaro
aloqani talab qilmaydi
|
3
|
Bir nechta qayta ishlash muhitida har bir jarayon bir xil kodni bajaradi, ammo o‘z
xotirasi va fayl resurslariga ega
|
Barcha oqimlar farzand jarayonini bir xil ochiq fayllar to‘plamini bo‘lishishi mumkin
|
4
|
Agar bitta jarayon bloklangan bo‘lsa, unda birinchi jarayon
blokdan chiqarilmaguncha boshqa jarayon bajarilmaydi
|
Bitta oqim bloklangan va kutayotgan paytda, xuddi shu
vazifadagi ikkinchi oqim ishlashi mumkin
|
5
|
Bir nechta jarayonlar oqimlardan foydalanmasdan ko‘proq resurslardan
foydalanadi
|
Ko‘p oqimli jarayonlar kamroq resurslardan foydalanadi
|
6
|
Bir nechta jarayonlarda har bir jarayon mustaqil ravishda
amalga oshiriladi
|
Bitta oqim boshqa oqim ma’lumotlarini o‘qishi, yozishi
yoki o‘zgartirishi mumkin
|
Har bir oqim aniq bitta jarayonga tegishli va jarayondan tashqarida hech qanday oqim mavjud bo‘lmaydi. Har bir oqim alohida boshqaruv oqimini anglatadi. Oqimlar tarmoq serverlari va veb-
serverlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Ular shuningdek, umumiy xotiraga ega bo‘lgan ko‘p protsessorlarda ilovalarni parallel ravishda bajarish uchun munosib asosni ta’minlaydi.
Oqim afzalliklari
Oqimlar kontekstni almashtirish vaqtini kamaytiradi;
Oqimlardan foydalanish jarayon ichida parallellikni ta’minlaydi;
Samarali aloqa;
Kontekst oqimlarini almashtirish va yaratishda yanada tejamkor;
Oqimlar ko‘p protsessorli arxitekturalardan keng miqyosda va samarali foydalanishga imkon beradi.
Oqim turlari
Oqimlar quyidagi ikki usulda amalga oshiriladi:
|
| |