|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 26/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
2.16- rasm. CPU va K/Ch sikllari o‘zgaruvchan ketma-ketligi
Bir protsessorli tizimda bir vaqtning o‘zida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin. Boshqa jarayonlar esa protsessorni bo‘shashini kutishi kerak. Multidasturlashning vazifasi – protsessordan maksimal darajada foydalanishdir. Ushbu turdagi rejalashtirish opeatsion tizimning asosiy funksiyasidir. Deyarli barcha kompyuter resurslari foydalanishdan oldin rejalashtiriladi.
Protsessor, shubhasiz kompyuterning asosiy resurslaridan biridir. Shunday qilib, uni rejalashtirish operatsion tizimni loyihalashda muhim o‘rin tutadi.
Protsessorni rejalashtirishning muvaffaqiyati jarayonlarning kuzatiladigan xususiyatlariga bog‘liq: jarayonning bajarilishi protsessorni bajarish siklidan va K/Ch ni kutishdan iborat. Jarayonlar ushbu ikki holat orasida o‘zgarib turadi. 2.17- rasmda operatsion tizimlardagi jarayonlarning haqiqiy holatini tahlil qilish asosida, protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi ko‘rsatilgan.
2.17- rasm. Protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi
Diagramma shuni ko‘rsatadiki, faoliyat davri qanchalik qisqa bo‘lsa, bunday davrlarning chastotasi shunchalik yuqori va aksincha, faoliyat davrlarining chastotasi ularning davomiyligiga teskari proporsionaldir.
Protsessorni rejalashtiruvchi
Rejalashtiruvchi - xotiraga yuklangan va bajarishga tayyor bir nechta jarayonlardan birini tanlaydigan va ulardan biri uchun protsessorni ajratadigan OT komponenti hisoblanadi.
Rejalashtirish bo‘yicha yechimlar quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar jarayon:
Bajarilish holatidan kutish holatiga qayta ulanadi (masalan, jarayon kiritish/chiqarish qurilmasi ishini tugashini kutsa).
Bajarilish holatidan bajarishga tayyorlik holatiga o‘tishga qayta ulanadi (masalan, uzilish sodir bo‘lganda).
Kutish holatidan tayyorlik holatiga qayta ulanadi (masalan, kiritish/chiqarish hodisasi tugashi bilan).
Yakunlanadi.
va 4- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzmasdan rejalashtirish (non-preemptive) atamasi bilan belgilanadi. 2- va 3- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzish bilan rejalashtirish (preemptive) atamasi bilan belgilanadi.
Protsessor menejeri 2 quyi menejerdan tashkil topadi:
Vazifani rejalashtiruvchi;
Jarayonni rejalashtiruvchi.
Vazifani rejalashtiruvchi
Vazifani rejalashtiruvchi yuqori darajadagi rejalashtiruvchi hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha:
kiritadi;
Maqsad: vazifalarni tizim resurslaridan maksimal
foydalanish tartibida joylashtirish;
Resurslarni doimiy band holatda saqlashni tashkillashtiradi.
Kiritish/chiqarish va hisoblash o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta’minlaydi.
Jarayonni rejalashtiruvchi
Jarayonni rejalashtiruvchi past darajadagi rejalashtiruvchi hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha:
Jarayonlarni bajarilishi uchun protsessorni taqsimlaydi;
Protsessor resurslarini qachon va qancha muddatga olishini belgilaydi;
Uzilishlarni qayta ishlashni hal qiladi;
Qachon jarayon to‘xtatilishini va qayta tiklanib prtosessordan foydalanishini tashkil qiladi.
Vazifa va jarayon holatlari
Vazifani rejalashtiruvchi yangi (new) va tugatish (finished) holatlariga, jarayonlarni rejalashtiruvchi esa tayyorlilik (ready), bajarilish (running) va kutish (waiting) holatlarini boshqaradi. Jarayon operatsion tizimdan vazifa rejalashtiruvchisiga uzatilganida uning (jarayonning) holati har doim yangi (new) sifatida o‘rnatiladi. Barcha jarayonlar dastlab vazifani rejalashtiruvchiga kelib tushadi. Qachonki jarayon vazifa rejalahtiruvchisidan jarayon rejalashtiruvchisiga o‘tkazilganda uning holati tayyorlilik (ready) holatiga o‘zgartiriladi. Agar protsessor ishlash uchun tayyor bo‘lsa (bo‘sh bo‘lsa) barcha kelayotgan jarayonlarni ko‘zdan kechiradi va ma’lum algoritmlar asosida ularni tanlaydi va xotirani bo‘sh deb hisoblab, jarayonni bajarishni boshlaydi. Jarayonning holati bajarilayotgan (running) ga
o‘zgartiriladi. Oldindan belgilangan vaqtdan so‘ng jarayon to‘xtatiladi va boshqa bir jarayon (bajarilish uchun) protsessorni egallaydi. To‘xtatilgan jarayonning holati jarayon rejalashtiruvchisi tomonidan tayyorlilik (ready) holatiga o‘zgartiriladi. Jarayonlarning bunday almashtirilishi oldindan rejalashtirish siyosati deb nomlanadi. Agar jarayon ishga tushirilganda foydalanuvchi yoki boshqa jarayon tomonidan kiritish/chiqarish amali bajarilishini kutsa, u holda jarayon kutish (waiting) holatiga o‘tkaziladi. Kiritish/chiqarish jarayoni yakunlanganligi haqida xabar kiritish/chiqarish qurilmasidan jarayonni rejalashtiruvchiga yetkazilganda jarayonning holati tayyorlilik (ready) holatiga o‘zgartiriladi. Nihoyat, jarayon yakunlanganida yoki xatolik yuz berganida jarayon (oldindan) tugatiladi va uning holati tugatishga (finished) o‘tkaziladi. Odatda, jarayon holatining o‘zgarishlari jarayonni rejalashtiruvchi tomonidan amalga oshiriladi, va vazifani rejalashtiruvchiga bu o‘zgarishlar haqida axborot beriladi. Shundan so‘ng vazifani rejalashtiruvchi holatni tugatishga (finished) o‘zgartiradi.
Protsessor dispetcheri
Protsessor dispetcheri protsessorni rejalashtiruvchi tanlagan jarayonga beradigan OT komponenti hisoblanadi. Dispetcher quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
Kontekstni (tarkibni) qayta ulaydi;
Protsessorni foydalanuvchi rejimiga qayta ulaydi;
Foydalanuvchi dasturini qayta yuklash uchun uni mos manzil bo‘yicha o‘tishini bajaradi.
Dispetcherning yashirin aktivligi (dispatch latency) - bitta jarayonni to‘xtatish va boshqa jarayonni boshlash uchun dispetcherga talab qilinadigan vaqt hisoblanadi. Ma’lumki, tizim bu vaqtni minimallashtirishga intilishi kerak, lekin rejalashtirish mezonlari to‘plami murakkabroq.
Rejalashtirish mezonlari
Tizim u yoki bu darajada hisobga olishi kerak bo‘lgan protsessorning beshta asosiy rejalashtirish mezonlari mavjud.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|