• Kontekst jarayoni
  • Kontekstni almashtirish
  • Bir marotabalik operatsiyalar
  • Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u




    Download 4,88 Mb.
    bet22/129
    Sana18.11.2023
    Hajmi4,88 Mb.
    #100808
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   129
    Bog'liq
    a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

    Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (vazifalarni rejalashtiruvchi) – qaysi jarayonlarni tayyor jarayonlar navbatiga o‘tkazish kerakligini belgilaydi.
    Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (protsessorni rejalashtiruvchi) – keyingi bajarilishi kerak bo‘lgan jarayon va qaysi jarayonlar protsessor bilan ta’minlanishi kerakligini belgilaydi.
    O‘rta muddatli rejalashtiruvchi (jarayonlarni almashtirishni rejalashtiradi) – vaqtni taqsimlash rejimini amalga oshirish uchun tizimga yozishni va almashtirishni rejalashtiruvchi qo‘shilishi mumkin, u qaysi foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka ko‘chirish (swapping) kerakligini belgilaydi.
    Rejalashtiruvchilar va jarayonlarning xususiyatlari. Har bir rejalashti-ruvchining, shuningdek har bir jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari bor.
    Qisqa muddatli rejalashtiruvchi juda tez-tez chaqiriladi, masalan, kamida keyingi protsessor kvant vaqtining tugashi, shuning uchun u juda tez va samarali amalga oshirilishi kerak.
    Uzoq muddatli rejalashtiruvchi nisbatan kamdan-kam hollarda chaqiriladi, chunki tizim jarayonni tayyor jarayonlar holatiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilmaydi. Shuning uchun u nisbatan sekin bajarilishi mumkin, unchalik samarali amalga oshirilmaydi.
    Bunday rejalashtiruvchini o‘z ichiga olgan tizimning sxemasi quyidagi 2.13- rasmda keltirilgan.

    2.13- rasm. Foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka ko‘chirish sxemasi


    Ammo, umuman olganda tizimning asosiy vazifasi - iloji boricha ko‘proq jarayonlarga xizmat ko‘rsatish, aynan uzoq muddatli rejalashtirish multidasturlash darajasini (koeffisientini) – tizimning vaqt birligida xizmat qiladigan jarayonlar sonini aniqlaydi.


    Jarayonlarning o‘zi ham ularni rejalashtirish nuqtai nazaridan boshqacha harakat qilishi mumkin. Jarayonlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

          • Kiritish/chiqarishga yo‘naltirilgan (I/O bilan bog‘langan - (I/O bound)) – hisoblashga qaraganda kiritish/chiqarishga ko‘proq vaqt sarflaydigan jarayonlar. Bunday jarayonlar odatda protsessor vaqtining ko‘pgina qisqa kvantlarini sarflaydi.

          • Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan (CPU bilan bog‘langan – CPU bound) - bu ko‘p vaqtini hisoblash uchun sarflaydigan jarayonlardir. Bunday jarayonlar protsessor vaqtining oz sonli uzoq muddatli kvantlarini sarflaydi.

    Kontekst jarayoni


    Jarayonni boshqarish blokiga mo‘ljallangan axborotlarni saqlash uchun uni ikki qismga ajratib ishlatish qulayroq. Protsessorning o‘z ichiga olgan barcha registrlar (dasturiy hisoblagich belgilarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi) kontekstli jarayon registrlari deb ataladi, qolganlari esa – tizimli kontekstli jarayon deb ataladi. Registr va kontekstli jarayon tizimini bilish operatsion tizimda uning ishlarini amalga oshirishni boshqarish uchun yetarli hisoblanadi. Biroq bu jarayonni to‘liq tavsiflash uchun yetarli emas. Operatsion tizimni aynan jarayon qanday hisoblanishi ya’ni uning manzilida qanday kod va qanday ma’lumotlar borligi qiziqtirmaydi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda, teskarisi bo‘ladi, ya’ni ma’lumotlar o‘zgarishini aniqlovchi registrlar kontekstning qator imkoniyatlari va olingan natija jarayon manzilini o‘z ichiga olishi ko‘proq qiziqtiradi. Jarayon manzilida joylashgan kod va ma’lumotlarni foydalanuvchi konteksti deb ataymiz. Qisqa vaqtga qabul qiladigan registr, tizim va foydalanuvchi majmui kontekst jarayoni deb ataladi. Jarayonning istalgan vaqt momenti o‘zining konteksti bilan tavsiflanadi.

    Kontekstni almashtirish


    Protsessor bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tganda jarayonni bajaruvchi kontekstni saqlashi va protsessorga ulanadigan jarayon kontekstini qayta tiklashi (jarayonlar bajarilishini to‘xtatilgan bosqichdan davom ettirish uchun) zarur. Jarayonni ishlash unumdorligini saqlash, qayta tiklash protsedurasi kontekstni almashtirish deb ataladi. Bu texnikadan foydalanib bir protsessor bir nechta jarayonlar o‘rtasida taqsimlanadi. Kontekstni almashtirishga sarflangan vaqt foydali ishlarni bajarish uchun hisoblash mashinalarida foydalanilmaydi. U mashinadan mashinagacha
    o‘zgaradi va odatda 1 dan 1000 mikrosekundgacha oraliqda tebranadi. O‘z ichiga threads of execution (oqimdan foydalanish) tushunchasini olgan jarayon modelini kengaytirish yordami bilan zamonaviy operatsion tizimlarga sarflanadigan xarajatlar kamaytirilmoqda. Jarayon tushunchasi ularning resurslari bilan bog‘langan bajariladigan buyruqlar to‘plami va joriy vaqtda uni bajarilish bilan tavsiflanadi. Jarayon istalgan vaqt momentida registr, tizim va foydalanuvchi qismidan tashkil topgan o‘zining kontekstini to‘liq tavsiflaydi. Jarayonlar operatsion tizimlarda registrli va tizimli kontekstini o‘z ichida ifodalagan PCB–ma’lumotlar tuzilishini belgilashni taqdim etadi. Jarayonlar beshta asosiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yangi (tug‘ilish), tayyorlilik, bajarish, kutish, tugatish. Operatsion tizimda holatdan jarayon holatiga o‘tish natijasida operatsiyalar bajariladi. Operatsion tizim jarayonda quyidagi operatsiyalarni bajarishi mumkin: jarayoni yaratish, jarayonni tugatish, ma’lum bir vaqtga jarayonni to‘xtatish, jarayoni ishga tushirish, jarayoni bloklash, bloklangan jarayoni qayta ochish, jarayon ustuvorligini o‘zgartirish. PCBni o‘z tarkibiga olgan jarayonlar o‘rtasida o‘zgarish bo‘lmaydi. Multidasturli operatsion tizimlar ishlashi turli xil jarayonlarni bajaradigan operatsiyalarni o‘tkazish zanjiridan tuzilgan va jarayonni saqlash, qayta tiklash protseduralari hamda kontekstni o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi. Kontekstni o‘zgartirish jarayoni amalga oshiradigan foydali ishga aloqasi bo‘lmaydi va unga sarflangan vaqt protsessor ishlashi foydali vaqtini qisqartiradi.

    Bir marotabalik operatsiyalar


    Kompyuterda jarayonning hayoti uning tug‘ilishidan boshlanadi. Istalgan operatsion tizim jarayon konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, va ularni tashkil qilish uchun zarur vositalarga ega bo‘lishi kerak. Barcha jarayonlar uchun eng sodda tizim (masalan, tizim faqat aniq biror bir ilovada ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsin), tizimning tug‘ilish jarayonida turgan bo‘lishi mumkin. Nisbatan murakkab operatsion tizimlarda zaruriyat tufayli dinamik jarayonlar ishlab chiqiladi. Operatsion tizimlar ishlashi boshlangandan so‘ng yangi jarayoni yaratish tashabbuschisi sifatida maxsus chaqiruv tizimi yoki operatsion tizimning o‘zini chaqiruv tizimining istalgan jarayonini foydalanuvchi ishga tushirishi mumkin, u holda albatta ba’zi jarayonlar mavjud bo‘ladi. Yangi jarayon tug‘ilishiga sabab bo‘lgan
    jarayon – ona jarayon (parent process), qaytadan yangi yaratilgan jarayon – farzand jarayon (child process) deb ataladi. Farzand jarayonlari o‘z navbatida yangi farzandlarni yaratishi mumkin. Umumiy holatda tizim ichi jarayon daraxtidan iborat bo‘ladi. 2.14- rasmda geneologik daraxtga misol keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki operatsion tizimdagi ba’zi jarayonlar bilan birgalikda foydalanuvchi jarayonlari bitta daraxtda joylashgan bo‘lishi mumkin. Ko‘plab hisoblash tizimlarida daraxtlar bitta daraxtdan tug‘ilgan bo‘ladi.

    Jarayon 128


    2.14- rasm. Jarayonning soddalashtirilgan genologik daraxti



    Download 4,88 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   129




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u

    Download 4,88 Mb.