|
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti
|
bet | 1/2 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 472,66 Kb. | | #157584 |
Bog'liq mus-1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Dasturiy injiniring yo’nalishi 204 – guruh talabasining
Operatsion tizimlar fanidan
M ustaqil ishi - 1
Bajardi: Hamrayeva Gulandom
Tekshirdi: Karshiyev Xusan
Samarqand-2023
1-MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
1-mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Topshiriq 1. Operatsion tizimlar haqida umumiy ma’lumotlar.
1- topshiriqda operatsion tizim umumiy tushunchalar tahlili keltiriladi:
Operatsion tizim asosiy vazifalari:
Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bir-biriga bog‘langan dasturlar to‘plamidir. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda operatsion tizim – bu qurilmalarning davomi bo‘lib kompyuter va kompyuter tarmoqlari uchun qulay, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan va qurilmaga o‘rnatiladigan dasturiy vosita hisoblanadi.
Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida klassik OT lar bajargan 6 ta asosiy funksiyalarni ajratishimiz mumkin:
vazifalarni (yoki topshiriq) rejalashtirish va protsessordan foydalanish;
dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta’minlash;
xotirani boshqarish;
fayl tizimini boshqarish;
kiritish/chiqarishni boshqarish;
xavfsizlikni ta’minlash.
Har bir keltirilgan funksiyalar odatda OT tarkibidagi komponentalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT komponenti sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evolyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qilaolmaydi.
Protsesslarni boshqarish.
Xotirani boshqarish.
Fayl tizimlari.
Tarmoq protocollari: Tarmoq orqali axborot almashish va uzatish.
Grafik va multimedia: Grafik va multimedia dasturlarni ishga tushirish.
Operatsion tizim funksiyalari:
Operatsion tizimlar asosiy funksiyalari.
foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma’lum tilda tuzilgan
komanda yoki topshiriqlarni qabul qilish va ularga ishlov berish. Topshiriqlar
operatorlar, matn ko‘rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (masalan
sichqoncha yordamida) bajariladigan ko‘rsatmalar yordamida beriladi. Bu
komandalar, avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to‘xtatish, to‘xtatib turish)
bilan bog‘liqdir, fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro‘yxatini olish, u
yoki bu faylni yaratish, nomini o‘zgartirish, nusxasini olish, joyini o‘zgartirish va
hakazo.) bilan bog‘liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;
ijro qilinishi kerak bo‘lgan dasturlarni operativ xoperatsion tizimiraga
yuklash;
esa virtual xoperatsion tizimlarini tashkil etish;
barcha datsur va ma’lumoperatsion tizimlarni identifikatsiya qilish;
dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor
dasturni boshqaradi);
bajarilayotgan ilovalardan kelayapgan turli so‘rovnomalarni qabul qilish
va bajarish. Operatsion tizim juda ko‘p sonli tizimli funksiyalarni (servislarni)
bajara olishi mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so‘ralishi mumkin. Bu
servislarga murojaatlar ma’lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi
mumkin, bu esa o‘z navbatida bu operatsion tizimning amaliy dasturlash
interfeysini aniqlaydi (Application Program Interface, API);
barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;
fayllarni boqsharish tizimlari (FBT) ishini va/yoki ma’lumoperatsion
tizimlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta’minlash, bu esa o‘z
navbatida butun dasturiy ta’minoperatsion tizim samarasini keskin ravishda
oshiradi;
multidasturlash rejimi, ta’minlash, ya’ni bitta yoki bir nechta dasturlarni
bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda
bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;
berilgan xizmat qilish dissiplinalari va strategiyalariga asosan
masalalarni rejalashtirish va dispecherlashtirish;
bajarilayapgan dasturlar orasida ma’lum operatsion tizimlar va
ma’lum operatsion tizimlar almashish mexanizmini tashkil etish;
tarmoq operatsion tizim lari uchun, bog‘langan kompyuterlar orasidagi
muloqot operatsion tizimni ta’minlash funksiyasidir;
bitta dasturni boshqa dastur ta’siridan himoya qilish, ma’lumoperatsion tizimlarni saqlanishini ta’minlash, operatsion tizimni o‘zini kompyuterda
bajarilayapgan ilovalardan himoyalash;
foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko‘pgina dialogli operatsion tizim uchun). Autentifikatsiya – foydalanuvchi nomi va parolini qayd
yozuvidagi qiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login)
va uning paroli mos kelsa, demak u o‘sha foydalanuvchidir.
Avtorlashtirish (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchiga ma’lum huquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima qila olishi mumkin yoki nima
qila olmasligini aniqlaydi; real vaqt rejimida javob berish vaqti qat’iy chegaralirini qondiradi;
dasturlash tizimi ishini ta’minlash;
tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko‘rsatish;
Operatsion tizim, kompyuter apparat ta’minot operatsion tizimini
foydalanuvchilar amaliy dasturlaridan ajratadi. Foydalanuvchi ham, uning dasturi
ham kompyuter bilan operatsion tizim interfeys orqali o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Hisoblash tizimini mavqeini asosan uning operatsion tizim i belgilaydi.
Shunga qaramasdan, hisoblash tizimidan faol foydalanuvchilar, ko‘pincha, unga
ta’rif berishda anchayin qiynaladilar. Bu narsa, qisman, operatsion tizim bir-biri
bilan unga bog‘liq bo‘lmagan ikkita funksiyani bajarishi bilan bog‘liqdir: bu
foydalanuvchiga, dasturchiga kengaytirilgan, virtual mashina imkoniyatini
yaratish bilan qulaylik yaratish va ikkinchi kompyuterning resurslarini ratsional
boshqarish bilan undan samarali foydalanishni oshirishdir
Ilova va xizmatlarni o'rnatish va bajarish.
Ma'lumotlar va tizimni xavfsiz saqlash.
Interfeys. Interfeys— texnik va programmalash vositalari majmui; hisoblash, boshqarish yoki oʻlchash tizimlari (EHM ning opera-tiv va tashqi xotira qurilmasi)dagi turli funksional qurilmalarning oʻzaro taʼsirini taʼminlaydi. U uzatilayotgan axborotlarni kodlash va sinxronligiga nisbatan belgilangan qoida hamda kelishuvga muvofiq tayyor modullardan sistemani, qurilmalarning mexanik va elektr birikmalarini sig-nad koʻrinishida (axborotlar va boshqa shaklida) toʻplashga imkon beradi.
|
| |