MO
’
MINOV XUSAN 072-19 GURUH
TATU-2024
O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY
ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat munosabatlarini
tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu
munosabatlarning Markaziy Osiyo mamalakatlari doirasidagi huquqiy holati hamda
rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston elektron tijorat
munosabatlarini tartibga solishning zarurati, ushbu sohadagi muammo va
kamchiliklar tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida O‘zbekistonda elektron tijorat
huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan bir qancha tajklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar: elektron tijorat, e-tijorat, e-pay, O‘zbekiston, smart shartnomalar,
blokchein texnologiyalari.
KIRISH
Jahon hamjamiyatining ko‘zlangan rivojlanish
va farovonlikka erishish uchun,
axborot texnologiyalariga (AT) bo‘lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti.
Iqtisodiy o‘sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi
axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir.
Dunyo
tajribasi shuni ko‘rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor
iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.[1]
O‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida
biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati
juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi
elektron tijorat
so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilib ko‘rgan. Hali o‘zining uzoq tarixini
qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog‘liq AQSh bozorlarida yiliga
o‘rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar aylanadi. [2]
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o‘z aksini topmasdan
qolmaydi.
Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan
yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada
rivojlanganligi va samarali qo‘llanishi yotadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan
mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator
segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va
ular orasidagi
elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror
rivojlanayotganini keltirish mumkin. O‘zbekiston uchun axborot texnologiyalarini
rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Lekin
bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi,
MO
’
MINOV XUSAN 072-19 GURUH
TATU-2024
milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi,
huquqiy bazaning
shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion
tayorligi mavjud bo‘lgan holatdagina sodir bo‘ladi.