MO
’
MINOV XUSAN 072-19 GURUH
TATU-2024
yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo‘lib, ularning to‘gri
hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.[6]
Birinchidan,
zarur
infrastrukturaning
hali
ham
yetarli
darajada
takomillashgmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:
•
internetning global tarmog‘i bilan to‘gridan-to‘g‘ri bog‘langan provayderlar soni
cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o‘rtasida
biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat
ko‘rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
•
viloyatlarda ko‘rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko‘rsatkichlari
poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish
(ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi
natijasida mijozlar
to‘gridan to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o‘z
navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo‘lmasligiga olib keladi.
Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat
elektron tijorat bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan yirik bozor yaratish imkonini
bermaydi (O‘zbekiston bo‘yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq
4
). To‘gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu
faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar)
o‘smoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda.
Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo‘lmasdan turib elektron tijorat
faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.
Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to‘lovni
amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz
tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan
foydalanib to‘lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro
tajribada esa plastik
kartochkalar yordamida, to‘lovni qabul qilish uchun o‘rnatilgan maxsus modullar
orqali, to‘g‘ridan to‘g‘ri on-line do‘konlarda to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Asosiy muammo shundaki, O‘zbekistonda jismoniy
shaxslar uchun on-line
banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet
tarmog‘ida yoki mobil aloqa yordamida o‘z hisoblarini boshqarish va to‘lovlarni
amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-
banking bir tomonlama bo‘lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot
olish uchun mo‘ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to‘siq
bo‘layotgan muammolardan biridir.
To‘rtinchidan, mavjud internet-do‘konlar faoliyatida yetarli professionallik
darajasi yetishmaydi. Ushbu o‘rinda electron tijorat jihatidan
Markaziy Osiyo
davlatlarinining tajribasiga to‘xtalib o‘tishimiz maqsadga muvofiq. Markaziy Osiyo
ulkan elektron tijorat salohiyatiga ega, chunki mobil qurilmalarga kirish va Internet
MO
’
MINOV XUSAN 072-19 GURUH
TATU-2024
o‘sishda davom yetmoqda, ayniqsa raqamli to‘lovlarning ommaviyligi oshishi, davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarining kuchayishi va umuman iqtisodiy
tiklanish yuqori. Shu bilan birga, ushbu salohiyatning aksariyati Markaziy Osiyoning
moliyaviy innovatsiyalar va elektron tijorat imkoniyatlari kam bo‘lgan rivojlanayotgan
mintaqa ekanligidan dalolat beradi. O‘zimizni to‘liq
ifoda yetgan holda, moliyaviy
inklyuziya va amaliy elektron tijorat yechimlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan
bog‘liq muammolarni hal qiladigan keng qamrovli milliy rivojlanish rejalariga ehtiyoj
bor.