ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR




Download 449,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.07.2024
Hajmi449,75 Kb.
#268667
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mo\'minov Xusan Kiber huquqdan mustqil ish 1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy 
asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, 
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron 
hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana 
shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi 
elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Barchaga 
ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. 
Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga 
bo‘lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat 
bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan 
samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron 
tijorat sohasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga 
olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi 
kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu talab 
va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ushbu soha rivojiga kata hissa 
qo‘shib kelmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, normative-hujjatlar elektron 
tijoratni rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar 
yaratadi. U tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash 
uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada 
rivojlantirishga, 
elektron 
savdoda 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, 
elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy 
mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun 
respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo 
operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni 
kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan 
bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. 
Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi. 
Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro 
standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha 
imkon beradi.


MO

MINOV XUSAN 072-19 GURUH
TATU-2024 
Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv
qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o‘rganish kabi usullardan 
foydalanilgan.

Download 449,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 449,75 Kb.
Pdf ko'rish