Mo’minov xusan 072-19 guruh




Download 449,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana26.07.2024
Hajmi449,75 Kb.
#268667
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mo\'minov Xusan Kiber huquqdan mustqil ish 1

XULOSA VA TAKLIFLAR
Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O‘zbekistonda elektron tijoratning 
rivojlanishi O‘zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchidan, yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish 
o‘rinlarini yaratadi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va 
xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir 
paytda sodir bo‘lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.
Uchinchidan, elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini
marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda ushbu natijalarga erishish uchun quyidagi muammolarni bartaraf 
etishimiz maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Birinchidan, elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. 
Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy 
forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat 
texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy 
muammolardan biri –malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.
Ikkinchidan, telekommunikatsion xizmatlarni ko‘rsatish sohasida raqobatni 
rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va 
elektron tijorat uchun ma’lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.
Uchunchidan, AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy 
sharoitning ko‘rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo‘lishini ta’minlash.
To‘rtinchidan, o‘z-o‘zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish
Beshinchidan, elektron tizimi bo‘yicha ta’lim tizimini rivojlantirish.
Oltinchidan, axborot texnologiyalarining butun O‘zbekiston bo‘ylab keng 
tarqalishini ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham 
axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada 
oshishiga olib keladi.
Yettinchidan, on-line banking tizimini butun respublika bo‘ylab samarali joriy 
qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar uchun o‘z 
tovar va xizmatlari bilan internet tarmog‘i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini 
oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham 
sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish 
imkoniyatlari yildan yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning 
rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar 
topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va 
amaldagi yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining 


MO

MINOV XUSAN 072-19 GURUH
TATU-2024 
yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha 
mavjud muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi xalq farovonligida
jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o‘z aksini topadi.

Download 449,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 449,75 Kb.
Pdf ko'rish