TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
REFERAT
“Iqtisodiy xavfsizlik” fani
Mustaqil ishi
Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tizimida shaxs xavfsizligi masalalari
Bajardi: Sirojev Komiljon
Tekshirdi: Ass. Sobirjonova K
Toshkent-2023
REJA:
Kirish
1. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi
2. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar
3. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash yo‘llari
Xulosa
Kirish
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi davlat, korxona, jamiyat, shaxsga nisbatan qo’llanilishi bilan bir qatorda, mazkur tushunchani yuqorida tilga olib o’tilgan har bir subyekt nuqtayi nazaridan ham qarab chiqish mumkin. Ayni paytda ulardan har birining holati yaxlit tarzda milliy xavfsizlikni shakllantiradi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, shaxs iqtisodiy xavfsizlikning birmuncha yirik subyektlari bo’lgan korxonalar, xo’jalik yurituvchi subyektlar, jamiyat va davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shaxs bir paytning o’zida xavfsizlik sohasining ham obyekti ham subyekti bo’lgani holda, xavfsizlik sohasining barcha tizimlarida mavjud bo’ladi va tizim tashkil etuvchi vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqqan holda, shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash, iqtisodiy xavfsizlikning barcha bosqichlarida muhim o’rin tutadi, ammo shuni ta‘kidlash lozimki, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi o’z navbatida, jamiyat, xo’jalik yurituvchi subyektlar, davlat va ekologik vaziyatga chambarchas bog’liqdir.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun tegishli shart-sharoitlarning mavjudligi, inson manfaatlari va ehtiyojlari qondirilishining turli xavf-xatar va tahdidlardan himoyalanganligi, ijtimoiy barqarorlik, ta‘lim va sog’liqni saqlash xizmatlaridan erkin foydalana olish imkoniyatlarining ta‘min etilishi, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini kafolatlanganligi sifatida tushuntirishimiz mumkin.
|