Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning shaxsiy farovonligi, boyligi darajasidan, jamiyat va davlat miqyosida tutgan o’rnidan qat'iy nazar har bir inson hayot faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi shaxsning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi, kamol topishi va hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanishini ta'minlaydigan holatidir. Shu boisdan shaxsning iqtisodiy xavfsizligi har bir inson uchun hayotda muvaffaqiyat, farovonlikka erishganligining hamda jamiyatda barqaror mavqega ega bo’lganligining muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi sog'liqni saqlash, ta'lim, uy-joy, axborot va ijtimoiy himoya bilan bog'liq asosiy ehtiyojlar infratuzilmasiga kirish, shuningdek, mehnat bilan bog'liq xavfsizlik bilan belgilanadigan asosiy ijtimoiy ta'minotdan iborat. Hisobot ish bilan bog'liq xavfsizlikning etti komponentini belgilaydi. Barcha yetti o'lchov muhim bo'lsa-da, ikkita asosiy xavfsizlik uchun zarur: daromad xavfsizligi va ovozli vakillik xavfsizligi. Asosiy xavfsizlik deganda odamlar har kuni duch keladigan noaniqliklar va xavfxatarlarning ta'sirini cheklash, shu bilan birga odamlar turli jamoalarga mansub bo'lishi, tanlangan kasb bilan shug'ullanish va XMT munosib mehnat deb ataydigan narsa orqali o'z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun adolatli imkoniyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan ijtimoiy muhitni ta'minlashni anglatadi.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi shaxsning ijtimoiy jihatidan rivojlanishi, kamol topishi va hayotiy manfatlarining kafolatli himoyalanishini taʼminlaydigan holatidir. Shu boisdan shaxsning iqtisodiy xafsizligi har bir inson uchun hayotda muvaffaqiyatga, farovonlikka erishganligining hamda jamiyatda barqaror mavqega ega boʼlganligining muhim koʼrsatgichi boʼlib xizmat qiladi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining subʼektlari quyidagilar hisoblanadi:
shaxs yaʼni har bir insonning oʼzi. Bunga sabab inson hayoti faoliyatiga rahna, xaf soluvchi tahdidlarning asosiy qismi subʼeltni tavsifga ega boʼlib, ularni shaxsning oʼzi bartaraf etishi mumkin;
jamiyat. Jamiyatning ijtimoiy institutlari shaxsning baʼzi xuquqlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining aralashuvisiz hamkafolatli amalga oshirilishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʼladi;
davlat. Davlat oʼzining har bir fuqarosini mamlakat xududida va undan tashqarida ham himoya qilishni kafolatlaydi.
Shuni aytish joizki jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa tizimlari inson uchun yashash muhiti hisoblanadi. Shu boisdan ularning amal qilish samaradorligini faqat inson manfaatlariga qay darajada mosligi nuqtai nazaridan baholash mumkin boʼladi.
Inson va uning manfaatlari uchun oila muhim ahamiyat kasb etadi. Oila qarindoshlik aloqalari va maishiy hayot umumiyligi asosida ongli ravishda tashkil etilgan kishilarning kichik guruhidan iborat.
Oilaning hayot faoliyati shaxsning, u aʼzo boʼlgan oila va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy ehtiyojlarini roʼyobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi hamda oʼzining uy xoʼjaligini mustaqil ravishda yuritadi.
Insonning hayot kechirishi va faoliyat yuritish makoni jamiyatda demokratik yoʼl bilan konstitutsion normalar doirasida kengaytirib borilishi kerak.
Inson hayoti va faoliyati ushbu makonda mustaqillik, erkinlik hamda jamiyat, davlat oldida oʼz majburiyatlariga ega boʼladi.
|