Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash yo‘llari




Download 28,1 Kb.
bet4/4
Sana16.05.2024
Hajmi28,1 Kb.
#238864
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
sirojev.k (3)

Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash yo‘llari

Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi va ijtimoiy rivojlanishini ta‘minlashga, hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanganlik holati sifatida tafsiflanadi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


 qonuniylik;
 shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari mutanosibligiga rioya qilish;
 xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha shaxs, jamiyat va davlatning o’zaro mas‘uliyatli bo’lishi;
 xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o’zi, uning iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat tashkil etadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo’lib, ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o’z bilimi, kasb, malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo’lgan intilishiga asoslanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga asoslanadi.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol o’ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini va tadbirkorligini o’stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
 fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb-korlik turlarini hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta‘minlashga;
 mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
 aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga;
 ta‘lim, ijtimoiy sug’urta, sog’liqni saqlash tizimlarini isloh qilish yo’li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan zarur kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va mulkka egalik darajasi bo’yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish hamda aholining to’lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o’sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta‘minlash ko’plab omillarga bog’liq bo’lgani holda, ularni shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri nuqtayi nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy jarayonlarning yuz berishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi omillar, shu bilan bir qatorda, shaxsning bevosita xatti-harakatlari natijasida paydo bo’luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish insonlarning bevosita xatti-harakatlariga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi borasidagi tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub:
 inflatsiya;
 pensiya ta‘minoti muammolari;
 iqtisodiyotning dollarlashuvi;
 bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi;
 aholining haddan tashqari ko’p kreditlanishi va boshqalar.
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning dollarlashuvi, valyuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi jamg’armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar tomonidan banklarga qo’yilgan omonatlarning yo’qotilish xavfini vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham, istiqbolda qarzdorlarning o’z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O’zbekiston fuqarolarining bank kreditlari bo’yicha qarzdorligi o’sib bormoqda. Olinayotgan har to’rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag’al oilalar o’z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini bank kreditlarini to’lashga sarflamoqdalar. Tahdidlarning ikkinchi guruhiga insonning bevosita o’zi ta‘sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar kiritilgan:
 moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi va shaxsiy jamg’armalarni himoya qilish borasida yetarlicha malaka va tajribaning yo’qligi;
 qarz olishda o’ylab ish tutmaslik;
 samarasiz investitsiyalar;
 moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shoshma-shosharlik qilish;
 qonunlarni bilmaslik va hokazolar.
Moliyaviy savodxonlik va shaxsning investitsiyaviy siyosati shaxs hayotining moliyaviy-iqtisodiy asosini tashkil etadi. Moliyaviy-iqtisodiy asoslar qanchalik mustahkam bo’lsa, shaxs shuncha o’z ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olish va o’zining farovon kelajagini ta‘min eta olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bugungi kunda moliyaviy mustaqillik muhim o’rin tutishini inobatga olsak, fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish qanchalik muhim ekanligini ilg’ash qiyin emas. Buning uchun shaxsiy moliyaviy xarajatlarni rejalashtirish, ularning doimiy hisobini yuritib borish, bank va boshqa moliyaviy institutlarning xizmatlarini o’rganish, investitsiyalarni diversifikatsiyalash tamoyilidan amaliyotda foydalanish, iqtisodiy axborotlar, tahliliy maqolalar va sharhlar bilan tanishib borish talab etiladi.
Davlat shaxs xavfsizligini ta‘minlash va baholash uchun jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni vujudga keltirishi mumkin bo’lgan tahdidlarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
 iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, iqtisodiy faoliyat va tanlash erkinliklarini vujudga keltirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda iste‘molchilar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish;
 fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy erkinliklari va huquqlarini ta‘minlashning samarali mexanizmlarini vujudga keltirish;
 jamiyatda aholining tor doirada nihoyatda boy-badavlat va kelajagiga ishonchini yo’qotgan nihoyatda kambag’al kishilarga ajralishi, ularning daromadlari o’rtasida farqning kattalashib borishiga yo’l qo’ymaslik;
 ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan darajada ishsizlik o’sishining oldini olish, yangi ish o’rinlarini yaratish, mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligini o’stirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
 kambag’allik va qashshoqlik muammosini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan darajada aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, kam ta‘minlangan aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini vujudga keltirish;
 tashkiliy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, narkomaniya va boshqa ijtimoiy illatlarning o’sishi uchun sharoit vujudga kelishining oldini olish.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi kambag’allikka qarshi kurash hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida, 2020-yilning yanvar- iyun oylarida 2020-yilning yanvar iyun oylarida, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta‘sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo’lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo’lmagan aholiga xizmatlar ko’rsatildi. Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o’rinlariga ishga joylaytirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta‘minlandi, 15 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o’qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan 10,1 milliard so’m ishsizlik nafaqasi to’lab berildi. Shuningdek, Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo’jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a‘zo sifatida biriktirilib, band qilingan, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo’llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko’mak ajratilgan.
O’zbekistonda inqiroz davrida yordamga muhtoj aholi qatlamiga (koronavirus pandemiyasi tufayli ishlay olmayotgan oilalar, chet eldan qaytgan va xorijga ishlashga qaytib keta olmagan migrant ishchilar, yolg’iz yashovchi qariyalar) e‘tibor qaratish orqali ularni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlar ajratilishi oshirishga qaratilgan choralar ko’rildi. Jumladan, oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillari soddalashtirildi. 2020- yilning mart oyida nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshirilishi sababli ularning soni 596 mingtadan 655 mingtaga oshdi. Keyinchalik, nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi avtomatik tarzda uzaytirilishi, adresatlardan tegishli arizalar yangidan berilishi talab etilmasligi belgilanganligi natijasida, nafaqa oluvchilar soni 719 mingtagacha oshirildi; 2020-yilning may oyida e‘lon qilingan aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha navbatdagi choralarga ko’ra, qo’shimcha 220 mlrd.so’m miqdoridagi mablag’lar ajratilishi hisobiga nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo’shimcha yana 10 foizga oshirildi.


Xulosa

Xulosa qilib aytganda, shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash nafaqat davlat boshqaruvi organlari, hukumat, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat va nodavlat-notijorat tashkilotlarining birgalikdagi sa‘y-harakatlarigagina, balki har bir fuqaroning o’ziga ham bog’liqdir. Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga tahdidlarga munosabatda insonning ruhiy holatini faollik, bag’rikenglik (tolerantlik), chidamlilik kabi qobiliyat va sifatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Muxtasar aytganda, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qayd etilgan inson hayotini yaxshilashga, uning turmush tarzini yuqori bosqichga ko’tarishga qaratilgan, xususan, ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta‘minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta‘minlash, uy-joy va kommunal xo’jaligini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish tadbirlari ham inson xavfsizligini ta‘minlash Konsepsiyasida o’z ifodasini topishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/143

  2. Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. , Abulkasimov H.P., Mamatov A.A., Mamatov S.A., Saidgazieva S.S.-Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.-732bet

  3. https://fayllar.org/3--mavzu-shaxsning-iqtisodiy-xavfsizligini-taminlash-yollari.html

  4. https://muhaz.org/taqdimoti-reja-shaxsning-erkinliklari-va-iqtisodiy-mustaqillig.html

  5. https://maqola.reandpub.uz/6239/

  6. M.Ch.Murodova “Korxona iqtisodiy xavfsizligi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o ’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma. - Т.: TMI, 2022 yil.



Download 28,1 Kb.
1   2   3   4




Download 28,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash yo‘llari

Download 28,1 Kb.