Mavzu:Elektron hukumat asoslari.
Interaktiv davlat xizmatlari
Reja:
1.
Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari
2.
Elektron hukumat joriy etishning jahon tajribasi
3.
Interaktiv davlat xizmatlari
Elektron hukumat bu ichki va tashqi
aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan
quvvatlanib
va
taʼminlanib
turadigan
hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari
(shu
jumladan Internet) orqali axborotga ishlov
berish,
uni
uzatish
va
tarqatishni elektron vositalari
asosida
davlat
boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati
organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron
vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida
fuqarolarga davlat
organlarining faoliyati haqida axborot berish.
„Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin
amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni
ishlab
chiqish
bilan
birinchi
galda AQSh va Angliya,
hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va
ayrim
boshqa
davlatlar
(Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning
uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes
(G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo
qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin
funksional
jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi
infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki
infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari
tomonidan davlat korporativ
vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi
infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini
taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga
axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlari
ko’rsatishga
doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar
tizimidir.
Elektron hukumatning bir qancha ta’riflanishlari mavjud.
Keng ma’noda,
elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko’rsatishi hamda faoliyatini
rivojlantirish uchun AKTni qo’llash sifatida belgilanishi mumkin.
O’ziga
xos ravishda, elektron hukumatni “davlat oganlari ko’rsatayotgan
hizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli
texnologiyalardan foydalanish” deb tushunish mumkin. Shuningdek,
elektron
hukumat AKTni ko’llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat
ko’rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar
ko’rsatishidir.
Elektron hukumat atamalarini quyidagi to’rtta asosiy qismlari orqali
umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi
1
.
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qo’llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash,
xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi
aloqa
kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni
targ’ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda
qatnashish qiymatini belgilash.