bilan amalga oshmaydi. Jahon banki elektron fuqarolar va elektron biznes
ishtirokchilariga onlayn xizmatlarni ko’paytirish xamda ulardan foydalanish
muhimligi xaqidagi izlanishlarni olib bordi va quyidagini aniqladi: 5-10 yil oldin
birinchi marotaba elektron hukumatni joriy etgan ko’pgina davlatlar shunday
xulosaga keldilarki jamoaga, elektron hukumat tizimi ushbu sohaga davlat
tomonidan taklif etilayotgan sarmoyalar yordamida davlat xizmatlarini Internet
tizimida onlayn ko’rinishda taqdim etishiga qaramasdan xizmatlaridan foydalanish
darajasi pastligicha qolayotganligini ta’kidladilar.
Elektron hukumat tizimini joriy etish, ishlatishda qachonki ko’pchilik
aholining talablari va ular tomonidan qo’llab-quvvatlanishi imkoniyatlari bo’lsagina
tizim muvafaqiyatga erishadi. Aholi talablarining bir qismi aholining ushbu tizim
haqidagi bilimlarining yetarli bo’lganligi, uning imkoniyatlari xamda davlat
xizmatlarini tezda va yahshi xizmat ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. Fuqaro va
tadbirkorlar
e-hukumati
tizmatlaridan
foydalanishda
qiziqishlari
yoki
motivasiyalari, aktual, oson olish mumkin bo’lgan raqamli kontent xizmatlarini
taqdim etishlari lozim.
Bulardan tashqari davlat jamoaga elektron ko’rinishdagi xizmatlarga bo’lgan
ishonchni oshirishini ma’lumotlarni ximoyalash va uning konfidensialligini
ta’minlashini nazarda tutishi kerak.