- Davlat→davlatga (G2G) davlat ichida yoki davlat idoralari o’rtasidagi turli
axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash.
- Davlat→xodimlarga (G2E) ichki jarayonlarini soddalashtirish va fuqarolik
xizmati, davlat va uning xodimlari o’rtasidagi aloqa
boshqaruvini osonlashtirish
orqali unumdorligini oshiradi.
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari beshta asosiy guruhlarga
bo’linadi:
Kelajakni ko’rish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar
Elektron hukumatni muvaffaqiyatli amalga oshirilishida aniq maqsad va AKT
strategiyasiga asoslanib reja tuziladi. Elektron hukumatni yaratishda amalga oshirish
bosqich ko’nikmalarini bilish kerak bo’ladi.
Elektron hukumat strategiyasidagi muhim g’oya bu “yaxlit hokimiyat”
yondashuvidir. Bu yondashuv fuqarolarning va tadbirkorlarning
ehtiyojidan kelib
chiqib tashkil qilinadi. Yaxlit hokimiyat yondashuvi fuqaro va tadbirkorlar bilan
ishlashda infratuzilmaga ortiqcha sarf qilinadigan keraksiz
investisiyalarni oldini
oladi.