• Uning vazifalari
  • Mavzu: Elektron hukumat asoslari. Interaktiv davlat xizmatlari Reja: Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari




    Download 292,39 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana09.01.2024
    Hajmi292,39 Kb.
    #133373
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-mavzu Elektron hukumat

     
    3.Interaktiv xizmatlar 
    Yagona 
    portal 
    O’zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat 
    xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan 
    holda Internet tarmog’ida O’zbekiston 
    Respublikasining 
    Hukumat 
    portali 
    faoliyatini 
    yanada 
    takomillashtirish 
    chora-tadbirlari to’g’risida”gi 378-son qarori aosida tashkil etilgan hamda mazkur 
    Qaror bilan qabul qilingan Nizomga ko’ra faoliyat yuritadi. 
    my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) 2013 
    yilning 1 iyul kuni ishga tushirilgan bo’lib, Internet tarmog’ida O’zbekiston 
    Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida 
    faoliyat ko’rsatadi. 
    Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli 
    asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona 
    nuqtasi hisoblanadi. 
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsadi fuqarolarga 
    interaktiv davlat xizmatlarin ko’rsatishdir. U yagona oyna rejimida faoliyat 
    ko’rsatadi. Yagona portal zamonaviy texnologiya yordamida foydalanuvchining 
    interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyat- larini kengaytirish uchun 
    mo’ljallangan.
    Uning vazifalari: 
    • foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri mu- rojaat qilish 
    uchun imkoniyat berish;
    • foydalanuvchilarni AKT sohasidagi boshqa loyihalar bilan integrasiyalash; 
    • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi 
    samaradorligini oshirish;
    • davlat organlariga murojaat qilinganda, foydalanuvchilar uchun byurokratik 
    to’siqlarni qisqartirish va ularni barta- raf etish;
    • “elektron hukumat”ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga 


    zamonaviy AKT ni joriy etishda ko’maklashish.
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yil 1 iyulda ishga tushirildi. 
    U quyidagi imkoniyatlarga ega:
    • Davlat tashkilotlari va xizmatlariga oid ma’lumotlardan foydalanish.
    • Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shakldagi so’rovlarni va 
    boshqa hujjatlarni to’ldirish imkoniyati.
    • Davlat xizmatidan foydalanish uchun so’rov (Ariza) yuborish.
    • So’rovlarni ixtiyoriy paytda va manzildan yuborish.
    • So’rov qabul qilinishi uchun navbatda turish zarurati bo’lmaydi. 
    • So’rovni yuboruvchi arizasining bajarilishiga oid ma’lumotlar- dan ixtiyoriy 
    paytda xabardor bo’lish imkoniyati.
    • Davlat xizmatlari berilishi haqidagi so’rovni berish.
    • Davlat xizmati so’rovi natijalarini olish imkoniyati.
    1-rasm 
    Shuningdek, Yagona portal orqali 120 dan ortiq davlat organlariga bevosita 
    elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Va bu organlar ro’yxati vaqt 
    o’tishi bilan kengayib bormoqda. 
    Yagona portal orqali ko’plab foydali va zarur ma’lumotlar ham berib boriladi. 
    Masalan, mazkur portaldan notarial harakatlarning turlari va bunday harakatlarga 
    to’lanadigan davlat bojlari (1), Ichki ishlar organlarining Kirish-chiqish va 
    fuqarolikni 
    rasmiylashtirish 
    boshqarmasi 
    tomonidan 
    ko’rib chiqiladigan 
    huquqbuzarliklar va ular uchun qo’yiladigan jarimalar miqdori (2), Yo’l harakati 
    qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori (3), Davlat o’rmon 
    fondidan tashqari, daraxtlar va butalarni kesish uchun to’lanadigan to’lovlar miqdori 
    va yashil o’simliklarga yetkazilgan zarar va ularni o’zboshimchalik bilan kesganlik 
    uchun jarima miqdorlari (4) bilan tanishish mumkin. 

    Download 292,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 292,39 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektron hukumat asoslari. Interaktiv davlat xizmatlari Reja: Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari

    Download 292,39 Kb.
    Pdf ko'rish