|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 24/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штJarayonni ishga tushirish. Operatsion tizim tayyorlilik holatida bo‘lgan jarayon sonlaridan birini keyingi vazifani bajarish uchun tanlab oladi. Operatsion tizim tanlagan jarayonlar axborotlarni tezkor xotirada mavjud bo‘lishini ta’minlaydi. So‘ng jarayon holati ushbu jarayon uchun registr belgilarini tiklaydi, bajarilishini o‘zgartiradi va jarayon buyruqlarini hisoblagich ko‘rsatishiga muvofiq boshqaruv buyruqlarini uzatadi. Kontekstni qayta tiklash uchun kerakli barcha ma’lumotlar, operatsiyani amalga oshiradigan PCB jarayonidan olinadi.
Jarayonni ma’lum bir vaqtga to‘xtatish. Bajarish holatida bo‘lgan jarayon ishini istalgan biror bir uzilish natijasida to‘xtatish mumkin. Protsessor buyruq hisoblagichini avtomatik ravishda saqlaydi va bajarilayotgan jarayonda bir yoki bir nechta registr bo‘lishi mumkin, so‘ng esa joriy uzilishni qayta ishlash uchun maxsus manzil bo‘yicha boshqaruvga uzatiladi. Uzilishni qayta ishlash bo‘yicha ishni qurilma (hardware) oxiriga yetkazadi. Odatda ko‘rsatilgan manzilda operatsion tizimning bir qismi joylashgan
bo‘ladi. U tayyorlilik holatidagi jarayonga o‘tkazishda uning PCB da tizimli va registrli kontekst jarayoni dinamik qismida saqlanadi va uzilishlarni qayta ishlaydi, u holda paydo bo‘lgan uzilish bilan bog‘liq belgilangan ishlar bajariladi.
Jarayonni bloklash. Jarayon biror bir hisoblash tizimlarida paydo bo‘lishi kutilmayotganda va ishini davom ettirish mumkin bo‘lmaganda bloklanib qo‘yiladi. Buning uchun belgilangan chaqiriq tizimi yordami bilan operatsion tizimga murojaat qiladi. Operatsion tizim chaqiriq tizimini qayta ishlaydi (kiritish/chiqarish operatsiyalarini nomlaydi, jarayonlar navbatiga jarayonni qo‘shadi, qurilmada kutayotganlarni bo‘shatadi va boshqalar) va bajarish holatidan kutish holatiga o‘tkazib uning PCB si kontekst jarayoni kerakli qismiga yozib qo‘yadi.
Jarayonni qayta ochish. Istalgan biron bir operatsion tizimda paydo bo‘lgan biror bir holatda aynan qanday hodisa yuz berganini aniqlash zarur bo‘ladi. So‘ng operatsion tizim ushbu holat uchun kutish holatida ayrim jarayonlar joylashganmi yoki yo‘qligini tekshiradi va agar topilsa, hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish uchun uni tayyorlilik holatiga o‘tkazadi.
Jarayonni yaratish
Jarayonni yaratish – jarayonlardagi asosiy operatsiyalardan biridir. Ona jarayoni farzand jarayonlarini yaratadi, bu esa o‘z navbatida boshqa jarayonlarni keltirib chiqaradi va shu bilan jarayon daraxtini shakllantiradi. Jarayonlarni yaratishda turli xil yondashuvlar mavjud, ona va farzand jarayoni tomonidan resurslardan birgalikda foydalanish (almashish), ularni parallel ravishda bajarish va manzillar va xotiradan foydalanish.
Resurslarni taqsimlash
Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:
Ona va farzand jarayoni barcha resurslarni almashadi (bo‘lishadi);
Farzand jarayonlari ona jarayonlari resurslarining bir qismini almashadi;
Ona va farzand jarayonlari umumiy resurslarga ega emas.
Bajarish
Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:
Ona jarayoni va farzand jarayonlari birgalikda bajariladi;
Ona jarayoni farzand jarayonining tugashini kutmoqda.
Manzil va xotiradan foydalanish
Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:
Farzand jarayonining manzil maydoni ona jarayonining manzil maydonidan nusxa ko‘chiradi;
Farzand jarayoni unga yuklangan dasturga ega.
Farzand jarayoni ona jarayoni (yengil jarayon) bilan bir xil xotira maydonida ishlaydi.
Unix operatsion tizimda bu quyidagicha amalga oshiriladi: fork – bu yangi jarayonni yaratadigan tizim chaqiruvi. Ona jarayonining xotirasini nusxalashtiradi va farzand jarayoni uchun yangi virtual manzillar maydonini yaratadi. Shundan so‘ng, tizim xotirasida yangi dastur bilan almashtirish uchun yana bir tizim chaqiruvi amalga oshiriladi - exec (execve) tizim chaqiruvi. Farzand jarayoni ona jarayonining o‘rniga davom etadi.
2.15- rasm. UNIX tizimidagi jarayon daraxti
Tizim ishga tushganda ildiz (root) jarayon yaratiladi. U o‘z navbatida, uchta farzand jarayonini yaratadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|