• Android mobil operatsion tizimi, qurilish tamoyili va ahamiyati
  • Shifrlash va masofadan boshqarish
  • Android operatsion tizimi
  • Google Play
  • Android operatsion tizimi tuzilishi
  • Fayl tizimi tuzilishi
  • Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u




    Download 4,88 Mb.
    bet123/129
    Sana18.11.2023
    Hajmi4,88 Mb.
    #100808
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   129
    Bog'liq
    a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

    Xatolik. Ma’lumotlarni yo‘qotish yoki funksiyalarni yo‘qotish kabi hodisalar. Masalan, boshlash paytida agar xizmat ishga tushurilmasa, xatolik to‘g‘risidagi xabar yoziladi.

  • Ogohlantirish. Agar diskda bo‘sh joy kam qolgan bo‘lsa, jurnalga ogohlantirish kiritiladi.

    9.19- rasm. Hodisalar jurnali xususiyatlarini belgilash





    • Ma’lumot. Ilovalar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli bajarilganligini yozish hodisasi.

    • Muvaffaqiyatli Audit. Tizim xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muvaffaqiyatli bajarilgan harakatga mos keladigan hodisa. Misol uchun, foydalanuvchi muvaffaqiyatli tizimga kirsa, "Muvaffaqiyatli Audit" hodisasi jurnalga yoziladi.

    • Xatolik auditi. Tizim xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muvaffaqiyatsiz bajarilgan harakatga mos keladigan hodisa. Misol uchun, foydalanuvchi tarmoq diskiga kirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, “Xatolik audit” hodisasi jurnalga yoziladi.

    Ma’mur audit hodisalarini boshqarish imkoniyatiga ega. Ular quyidagilar:

    • Tizimga kirishni nazorat qilish;

    • Hisobni boshqarish auditi;

    • Katalog xizmatiga kirishni nazorat qilish (masalan, Active Directory);

    • Tizimga kirishni tekshirish;

    • Obyektga kirishni nazorat qilish;

    • Audit siyosatining o‘zgarishi;

    • Audit imtiyozidan foydalanish;

    • Jarayonni kuzatish auditi - dasturni ishga tushirish, jarayonni tugatish, identifikatorlarni takrorlash va obyektga bevosita kirish kabi hodisalar;

    • Tizim holati auditi - kompyuter hodisalarini qayta tiklash yoki o‘chirish, yana tizim xavfsizligiga yoki xavfsizlik jurnaliga ta’sir qiluvchi hodisalarni belgilaydi.



      1. Android mobil operatsion tizimi, qurilish tamoyili va ahamiyati




    Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari


    So‘nggi bir necha yillardan beri, mobil qurilmalar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo‘yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma’lumotlar tarmog‘i bo‘yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir.
    Huddi kompyuterlar o‘tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (OT) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro‘yhatiga iOS, Android va Windows Mobile lar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to‘g‘risidagi savol, balki, siz uchun qaysi biri to‘g‘ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. Ushbu bo‘limda biz mobil qurilmalar uchun mavjud bo‘lgan asosiy operatsion tizimlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda mobil qurilmalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan asosiy operatsion tizimlar Android va iOS dir. Undan keyingi o‘rinlarda birinchi bo‘lib yaratilgan smartfonlardan Blackberry va Windows Mobile ni keltirishimiz mumkin. Biz mavzuimizni mobil qurilmalarda eng ko‘p qo‘llanilgan, dastlabki va hozirgi kundagi mobil qurilmalarning operatsion tizimlari tarixidan boshlaymiz.
    Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari ham juda xilma-xildir. Lekin hozirgi kunda ularning ko‘pchiligi mobil OTlar bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Mobil oparatsion tizimlariga misol qilib Blackberry (o‘zining qurilmalari uchun ishlab chiqilgan), Palm (2001yildagi
    mobil operatsion tizimlari orasida yetakchilardan bo‘lgan), Symbian (2004-2010yillargacha birinchi o‘rinlarda yurgan), iOS (2007yil) va Android (2008yil) operatsion tizimlari ishlab chiqarilgandan so‘ng, Symbian operatsion tizimi o‘z o‘rnini sekin astalik bilan ushbu operatsion tizimlarga bo‘shatib berdi. 2011yilning uchunchi choragida katta yetakchilik bilan Android operatsion tizimi boshqa mobil qurilmalarning operatsion tizimlarini ortda qoldirdi (50% ni tashkil qildi). 2013yilga kelib bu ko‘rsatgich 80% ni tashkil qildi, va bu yetakchilik hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Biz yuqorida mobil operatsion tizimlar bozorida o‘z o‘rnini egallagan mobil qurilmalar haqida gaplashdik, bulardan tashqari yana ko‘plab mobil operatsion tizimlarni keltirish mumkin.
    Smartfon yoki planshet universal kompyuterlardir. Ular fayl tizimi, xotira, operatsion tizim va dasturlarga ega. Operatsion tizim zararli dasturlardan himoyasiz. Ba’zi platformalar boshqalarga qaraganda zaifroq, ammo har bir platforma zararli dasturlarning hujumlariga duch kelishi mumkin. Mobil qurilma va noutbuk yoki ish stoli tizimi o‘rtasidagi farq ma’lumotlar va interfeyslarni boshqarishdan iborat. Bu qurilmadagi ma’lumotlarga kirishni qiyinlashtiradi. Yaxshiyamki, ushbu ma’lumotlarni olish usullari mavjud. Biz turli xil mobil operatsion tizimlar haqida gaplashayotgan bo‘lsakda, bu yerda asosiy maqsad ular haqida batafsil gaplashish emas. Biz ushbu mobil operatsion tizimlar nima, qanday tuzilganligi va ulardan ma’lumotlarni olishning ba’zi usullari haqida gaplashamiz. Eng muhimi shundaki, ushbu tizimlar mobil bo‘lmagan tizim bilan qanday o‘zaro bog‘liq. Barcha smartfonlarda operativ xotira va doimiy xotira (saqlash) qurilmalari mavjud. Xotira energiyaga bog‘liqdir, ya’ni tizim o‘chirilishi bilan uning tarkibi o‘chib ketadi. Xotira qisqa ma’lumotlarning joylashuvini nazarda tutsada, saqlash qurilmasi bu sizning kompyuteringizning komponentidir, bu sizga uzoq muddat ma’lumotlarni saqlash va kirishga imkon beradi. Ushbu xotira qurilmasi flesh xotira deb ataladi.

    Shifrlash va masofadan boshqarish


    Odatda, mobil qurilmalar shifrlashni amalga oshirish uchun Advanced Encryption Standard (AES) standartidan foydalanadilar. Ma’lumotni shifrlashda sizga kalit kerak bo‘ladi. AES simmetrik shifrlashdir, ya’ni bir xil kalit ham shifrlashda, ham deshifrlash uchun
    ishlatiladi. Ikkala yo‘nalishda ham bir xil kalitdan foydalanayotganingiz uchun, uni xavfsiz saqlash juda muhimdir. Kalitlarni saqlash va boshqarish har qanday shifrlash sxemasining muhim qismidir. Kalitni himoya qilish uchun har bir qurilma turli xil vositalardan foydalanadi, ammo foydalanuvchidan parolni talab qilmasdan shifrlash odatiy hol emas. Agar qurilmadan foydalanish uchun autentifikatsiyadan o‘tishingiz talab qilinmasa, qurilmadagi ma’lumotlarni shifrlashning ahamiyati bo‘lmaydi, chunki har kim xohlagan vaqtda telefonni ko‘tarib undan foydalanishi mumkin.

    Android operatsion tizimi


    Ushbu tizimning eng o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - unda o‘zlashtirish imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik telefonning butun telefonning barcha qismi, o‘rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o‘z ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o‘zidan bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. Agar siz aynan o‘zingizga moslashtirilgan mobil xizmatini istasangiz, Android eng yuqori tanlovdir.
    Android — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo‘lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleerlar, qo‘l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan.Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shug‘ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi.Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development KitSida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi. Android ochiq kodli operatsion tizim hisoblanadi.

    9.20- rasm. Android operatsion tizimi logotipi va undagi xizmatlar U dastlab 2003yilda Android kompaniyasi tomonidan ishlab
    chiqilgan. Ikki yil o‘tib 2005yilning iyulida Google korporatsiyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007yilning 5noyabrida Google Open Handset Alliance tuzilganligini e’lon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi. Android – Google ga tegishli mobil operatsion platformadir.
    2008yilning 23sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan so‘ng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo‘shdi.
    2009yilda platformaning to‘rtta yangilanishlari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Supsace“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Supsake“ versiyasi bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar.
    „Donut“da birinchi martaCDMA tizimlarini qo‘llash paydo bo‘ldi. 2009yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qo‘llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „tirik rasmlar“ paydo bo‘ldi va ekran blokirovkasinining ko‘rinishi o‘zgardi.
    2010yilning o‘rtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu updatelar an’anaviy blokirovkani raqamli yoki xarf- raqamliga o‘zgartirdi, „Kesish, nusxa ko‘chirish“, qayta qo‘yish funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo. 2011yilning 22fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi. 2011yilning 19oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi. 2012yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr ohirida yangi update chiqqach 4.2 ga o‘zgardi.
    Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008 yilning 23 sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish
    etilgan) bo‘ldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish so‘rovlari paydo bo‘ldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3- versiyasi (Honeysomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi.


    9.21- rasm. HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT ostidagi birinchi smartfon


    9.22- rasm. Android 10 OTning ishchi stoli


    Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda o‘zining “Google Nexus” moslamalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo‘lib yangi versiyalarda chiqadi.


    Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham o‘rnatiladi. Masalan, 2009yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi “aqlli” iWatch soatlarini chiqardi. 2012yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. “Google Nexus” seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi Nexus mediapleeri mavjud. Shu bilan birga Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.
    2012yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga ko‘payayotgani haqida xabar berdi.

    Google Play


    2008yil 22oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn do‘koni — Android Market ochilishi haqida e’lon qildi. Kelishivga ko‘ra yaratuvchilar foydaning 70 %ini, operatorlar esa qolgan 30 %ni olishadi. 2009yil fevralda AQSHvaBuyuk Britaniya yaratuvchilarida Andorid Marketdagi o‘z dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Sony Ericson kompaniyasi dasturlarning onlayn do‘koni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va o‘yinlar berilgan. 2011yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur ko‘chirib olindi. 2012yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“,
    „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Google Play internet do‘koni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur ko‘chirib olingan. Android tizimi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari yaratilgan. 1.5-versiyadan boshlab Android versiyalarining nomlari biror-bir desert nomidan olinadi. Nomlarning birinchi xarflari versiyalarning yangilanishi bo‘yicha alifbo xarflari tartibida ketadi: 1.5 Cupcake („keks“), 1.6 Donut (pishiriq turi), 2.0/2.1 Eclair („ekler“), 2.2 Froyo („muzlagan yogurt“ qisqartmasi),
    2.3 Gingerbread („zanjabilli shirinkulcha“), 3.0 Honeycomb („asalari ini“), 4.0 Ice Cream Sandwich („muzqaymoq briketi“), 4.1/4.2 Jelly Bean (shirinlik turi), 4.5 KitKat (shokolad turi), 5.0 Lollipop (chupa chups), 6.0 Marshmallow, 7.0 Nougat, 2017yil 21avgustda 8.0 Oreo, 2018yil 6avgustda 9 Pie, 2019yil 3sentyabrda Android 10 versiyasi yaratilgan. 2011-yil fevralda birinchi bo‘lib Android OT moslamalari Buyuk Britaniyada iOS operatsion tizimi ostidagi iPhone4 ni ortda qoldirdi. Hozirgi kunda Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar soni iOSga nisbatan ancha ko‘p. 2014yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 86 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan edi.
    Android ning maqsadi mobil qurilmalarni yanada aqlli, shaxsiylashtirilgan va joylashuvga yo‘naltirilganroq qilish edi. Android qurilmada ishlatiladigan barcha jihozlar bilan o‘zaro ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus Linux yadrosiga asoslangan. Mobil qurilmalarda ular bilan bog‘liq cheklangan qurilmalar mavjud. Linux ni ish stolida yoki noutbukda ishlatsangiz, foydalanuvchi istalgan miqdordagi kengaytirish kartalari yoki USB-qurilmalarni ulashi mumkin. Buning uchun drayverlar talab qilinadi va Linuxda, odatda, ushbu drayverlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadroga o‘rnatiladi. Mobil qurilmada qurilmaning o‘zida o‘rnatilgan juda oz miqdordagi qurilmalar mavjud bo‘lganligi sababli, ishlab chiqaruvchi yadroni juda kichik va ma’lum bir qurilma uchun moslashtirishi mumkin. Mobil protsessorlar ish stoli protsessorlari bilan bir xil emas. Ilovalar ham farq qiladi. Android qurilmalarida ilovalar himoyalangan joylarda ishlaydi. Ko‘pincha dasturlar Java-da yoziladi. Eslatib o‘tamiz, Java to‘g‘ridan-to‘g‘ri protsessorda ishlaydigan mashina kodiga kirmaydi. U bitta dastur uchun maxsus mo‘ljallangan virtual mashinada ishlaydi. Android 4.4 (KitKat) ga qadar Google o‘zining virtual mashinalari uchun Dalvik dasturidan foydalangan. Dalvik dasturi kerak bo‘lganda bayt kodni mashina kodiga o‘zgartiradi. Androidning yangi versiyalari Lollipop va Marshmallow kabi ishlanmalari, Google oldindan kompilyatsiyalangan fayllardan foydalanadigan virtual mashinaga o‘tdi. Bu shuni anglatadiki, dastur o‘rnatilganda, operatsion tizim mashina kodiga o‘tkazishni amalga oshiradi, shuning uchun dastur ishga tushgandan so‘ng darhol bajarishga tayyor bo‘ladi. Hech qanday kechikishlar bo‘lmaydi, chunki dastur ishlayotgan vaqtda bayt kod mashina kodiga o‘zgartiriladi. Xususan, Android yordamida siz asosiy
    operatsion tizimga kirishingiz mumkin. Bu qurilmaga va undan fayllarni nusxalash uchun fayl tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishga imkon beradigan Android Debug Bridge (ADB) yordamida amalga oshiriladi. ADB boshqa vazifalarni ham bajaradi, shuning uchun bu siz ko‘proq ma’lumot olishni xohlashingiz mumkin bo‘lgan yordamchi dastur hisoblanadi. Android bilan bog‘liq muammo shundaki, u ko‘pchilik uchun ochiqdir. Google Applega o‘xshash cheklovlarga ega emas, shuning uchun ba’zi ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining shaxsiy do‘konlarini yaratishlari mumkin. Foydalanuvchilar shuningdek, ilovalar uchun uchinchi tomon manbalariga ruxsat berishlari mumkin. Bu qurilmaning ishonchliligi va xavfsizligi uchun muammo tug‘dirishi mumkin, chunki ushbu boshqa manbalar tizimga zararli dasturlarni kiritish usuli bo‘lishi mumkin.

    Android operatsion tizimi tuzilishi


    Android dasturiy steki, qoida tariqasida, Linux yadrosi va xizmatlarni taqdim etadigan ilova muhiti, shuningdek dastur va ish vaqtini boshqarish orqali ta’minlangan C/C++ kutubxonalaridan iborat. 9.23- rasmda Android operatsion tizimi tuzilishi keltirilgan. U quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi.
    Linux yadrosi. Android ochiq manbali Linux yadrosida yaratilgan. Ushbu yadroni tanlashning asosiy sabablaridan biri shundaki, u Android operatsion tizimini rivojlantirish uchun tasdiqlangan asosiy funksiyalarni taqdim etgan. Linux yadrosining xususiyatlari:

    • Xavfsizlik – Linux yadrosi dastur va tizim o‘rtasida xavfsizlikni ta’minlaydi;

    • Xotirani boshqarish – u dasturlarimizni ishlab chiqish erkinligini ta’minlab, xotira boshqaruvini samarali boshqaradi;

    • Jarayonni boshqarish – u jarayonni yaxshi boshqaradi, kerak bo‘lganda jarayonlar o‘rtasida resurslarni taqsimlaydi;

    • Tarmoq – u tarmoq aloqasini samarali boshqaradi;

    • Drayver modeli – Ilovaning ishlashini ta’minlaydi. Qurilma ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining drayverlarini Linux ga asoslanib qurishlari mumkin.

    Kutubxonalar. Yadro ustida ishlaydigan Android platformasi turli funksiyalar bilan ishlab chiqilgan. U ko‘plab ochiq manbali
    vositalarga ega bo‘lgan turli xil C/C ++ yadro kutubxonalaridan iborat. Ulardan ba’zilari:

    • Android runtime – Android bajarish vositasi asosan Java va ART (Android Run Time) kutubxonalaridan iborat. Android ning eski versiyalari (4.x va oldingi versiyalari) Dalvik ga asoslangan;

    • Open GL (graphics library) – ushbu kross-tilli, kross- platformali dasturiy interfeys 2D va 3D kompyuter grafikalarni yaratish uchun ishlatiladi;

    • WebKit – ushbu ochiq kodli veb-brauzer mexanizmi veb- tarkibni namoyish qilish va sahifani yuklashni soddalashtirish uchun barcha xususiyatlarni taqdim etadi;

    • Media frameworks – ushbu kutubxonalar audio va video ni ishga tushurish va yozish uchun imkon beradi;

    • Secure Socket Layer (SSL) – ushbu kutubxonalar Internet xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladi.

    Android Runtime. Bu arxitekturaning uchinchi qismidir. Dalvik virtual mashinasi deb nomlangan asosiy tarkibiy qismlardan birini taqdim etadi. Bu Java uchun maxsus ishlab chiqarilgan Java virtual mashinasi sifatida ishlaydi. Android bitta moslamada bir nechta nusxalarning samarali ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan o‘zining maxsus virtual mashinasidan foydalanadi. Dalvik virtual mashinasi past darajadagi funktsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun xavfsizlik, ko‘p tarmoqli va xotirani boshqarish uchun Linux yadrosidan foydalanadi.
    Ilovalar platformasi. Android jamoasi orqa fonda qurilgan ma’lum bir tasdiqlangan kutubxonalarga asos solgan va ularning barchasi Android interfeyslari orqali taqdim etiladi. Ushbu interfeyslar barcha turli kutubxonalarni birlashtiradi va bu orqali ularni dasturchi uchun foydaliligi va qulayligini ta’minlaydi. Ushbu interfeyslardan ba’zilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • Aktivlik menejeri – hayot sikli aktivligi va stek aktivligini boshqaradi;

    • Telefoniya menejeri – u telefoniya xizmatlariga abonent raqamlari kabi tegishli ma’lumotlar ko‘rinishida kirishni ta’minlaydi;

    • Tizimni ko‘rish –bu ko‘rinishlar va tartiblarni qayta ishlash orqali foydalanuvchi interfeysini yaratadi;

    • Joylashuv menejeri – u qurilmalarning geografik joylashuvini aniqlaydi.

    Ilovalar. Android ilovalarini yuqori qatlamdan topish mumkin. Ilova qatlamida biz faqatgina ushbu qatlamga o‘rnatilishi uchun o‘z dasturimizni yozamiz. Ilovalarga misol qilib o‘yinlar, xabarlar, kontaktlar va boshqalarni keltirishimiz mumkin.



    9.23- rasm. Android operatsion tizimi tuzilishi


    Fayl tizimi tuzilishi


    Android uchun ishlatiladigan yadro Linux yadrosida sozlangan bo‘lsada, muhitning qolgan qismi Linuxdan farq qiladi. Buni bir joyda, fayl tizimining tuzilishida ko‘rishingiz mumkin. Sizda /etc,
    /usr, /var, /lib va boshqalar bo‘ladi. Agar siz Android tizimidagi ildiz fayl tizimiga qaragan bo‘lsangiz, siz bundan juda boshqacha narsani ko‘rasiz. Agar siz to‘liq fayl tizimiga ega bo‘lsangiz, Android tizimini tadqiq qilishni qiyinlashtirishi mumkin, chunki hamma narsa qaerda saqlanganligini bilmasligingiz mumkin. Odatda Android-da quyidagi kataloglar mavjud. Esda tuting, ularning hammasi ham haqiqiy kataloglar emas. Ular ulanish nuqtalari bo‘lishi mumkin, ya’ni katalog boshqa joydan bo‘limni biriktirish uchun joy sifatida mavjudligini anglatadi. Bu tashqi saqlash moslamasi yoki soxta fayl tizimi bo‘lishi mumkin.

    Download 4,88 Mb.
  • 1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   129




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u

    Download 4,88 Mb.