|
Windowsda virtual manzil xaritasi
|
bet | 120/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штWindowsda virtual manzil xaritasi. 32-razryadli platformalarda, har bir Windows foydalanuvchi jarayoni alohida 32- razryadli manzil maydonini ko‘radi va har bir jarayon uchun 4 Gb virtual xotirani ta’minlaydi. Odatda, ushbu xotiraning yarmi OT uchun ajratilgan (zaxiralangan), shuning uchun har bir foydalanuvchi amalda
2 Gb virtual manzil maydoniga ega va barcha jarayonlar yadro rejimida ishlaganda yuqori 2 Gb tizim maydonining ko‘p qismini birgalikda ishlatadi. Mijozlar va serverlarda katta hajmdagi xotiraga ega ilovalar Windowsning 64-razryadli versiyasidan foydalangan holda yanada samarali ishlashi mumkin. Netbuklarga qo‘shimcha ravishda, zamonaviy kompyuterlarning aksariyati 32-razryadli yoki 64-razryadli tizim sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan AMD64 protsessor arxitekturasidan foydalanadi. 9.10- rasmda odatiy 32- razryadli foydalanuvchi jarayoniga ko‘rinadigan standart virtual manzil maydoni ko‘rsatilgan. U to‘rtta maydondan iborat:
0x00000000 dan 0x0000FFFF: Dasturchilarga NULL- ko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan.
0x00010000 dan 0x7FFEFFFF: Mavjud foydalanuvchi manzil maydoni. Bu maydon asosiy xotiraga yuklanishi mumkin bo‘lgan sahifalarga bo‘lingan.
0x7FFF00000 dan 0x7FFFFFFF: foydalanuvchi kirishi mumkin bo‘lma-gan himoya sahifasi. Ushbu sahifa OT uchun mavjud ko‘rsatkichdan (chegaradan) tashqaridagi havolalarni tekshirishni osonlashtiradi.
0x80000000 dan 0xFFFFFFFF: tizim manzillari maydoni. Ushbu 2 Gbayt jarayon Windows bajaruvchisi (Executive), yadro, HAL (hardware abstraction layer) va qurilma drayverlari uchun qo‘llaniladi. 64-razryadli platformlarda, Windows 7 da 8 Tbayt foydalanuvchi manzil maydoni mavjud.
0
NULL-
ko‘rsatkichlivazifal ar uchun 64-Kbayt maydon (mavjud
Noto‘g’ri- ko‘rsatkichlivazifalar uchun 64-Kbayt
maydon (mavjud
2 Gbayt foydalanuvchi manzil maydoni (zahiralanmagan, foydalanish mumkin)
Operatsion tizim uchun 2 Gbayt maydon (mavjud emas)
|
| |