|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 116/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штJarayon/oqim menejeri (process/thread manager): jarayon va oqim obyektlarini yaratadi, boshqaradi va o‘chiradi.
Konfiguratsiya menejeri (configuration manager): u tizim ro‘yhatga olishini joriy qilish va boshqarish uchun javobgardir, bu tizim parametrlari va har xil parametrlarning individual sozlamalari saqlanadigan ombor hisoblanadi.
Kengaytirilgan mahalliy protsedura chaqirig‘i vositasi (Advanced local procedure call (ALPC) facility): u xizmatlarni va quyi tizimlarni amalga oshiradigan mahalliy jarayonlar o‘rtasidagi aloqa uchun samarali jarayonlar protsedurasini chaqirish mexanizmini joriy etadi.
Foydalanuvchi rejimidagi jarayonlar (user mode processes). Windows foydalanuvchi rejimining to‘rtta asosiy turini qo‘llab-quvvatlaydi:
Tizimning maxsus jarayonlari (special system processes): seans menejeri, autentifikatsiya quyi tizimi, servis menejeri va tizimga kirish kabi tizimni boshqarish uchun zarur bo‘lgan foydalanuvchi rejimlari xizmatlari.
Xizmat ko‘rsatish jarayonlari (service processes): chop etish menejeri, hodisalarni ro‘yxatga olish, qurilma drayverlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan foydalanuvchi rejimlari, turli xil tarmoq xizmatlari va boshqalar. Xizmatlar Microsoft va boshqa dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari tomonidan tizimning funktsional imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlatiladi, chunki ular Windows tizimida fondagi foydalanuvchi rejimini boshqarishning yagona usuli hisoblanadi.
Quyi tizimlar muhiti (Environment subsystems): turli xil OT muhitlarini taqdim etadi. Win32 va POSIX quyi tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir muhit quyi tizimi o‘z ichiga quyi tizim jarayonida va/yoki Windows tizimidagi foydalanuvchi chaqiriqlarini ALPC chaqiriqlariga o‘zgartiradigan quyi tizim va dinamik bog‘lanish kutubxonalaridan (DLL) foydalanadigan barcha dasturlar tomonidan almashinadigan quyi tizim jarayonlarini oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|