|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 31/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штBelgili nomlar – foydalanuvchi tomonidan dasturni algoritmik tilda yoki assemblerda yozishda belgilanadi.
Virtual manzillar (matematik yoki mantiqiy) – dasturni mashina tiliga tarjima qiladigan tarjimon tomonidan yaratiladi. Tarjima paytida dastur tezkor xotiraning qayeriga yuklanishi umuman ma’lum emas, chunki tarjimon odatda o‘zgaruvchilar va buyruqlarga shartli virtual manzillarni tayinlaydi, odatda dasturning boshlang‘ich manzili nol manzili bo‘ladi.
Fizik manzillar – o‘zgaruvchilar va buyruqlar joylashgan yoki joylashishi kerak bo‘lgan xotira xujayralari raqamlariga mos keladi.
Barcha jarayonlar uchun mumkin bo‘lgan virtual maydon manzillari diapazoni bir xil. Masalan, 32-razryadli virtual manzillardan foydalanganda, bu oraliq 0000000016 va FFFFFFFF16 chegaralari bilan belgilanadi. Dastur tomonidan yaratilgan barcha virtual manzillarning to‘plami virtual manzil maydoni deb nomlanadi. Ushbu virtual manzillarga mos keladigan barcha fizik manzillarning to‘plami fizik manzillar maydoni deb nomlanadi. Virtualdan fizik manzilgacha ish vaqtini xaritalash, qurilma vositasi bo‘lgan xotirani boshqarish bloki (MMU) tomonidan amalga oshiriladi. MMU virtual manzilni fizik manzilga tarjima qilish uchun quyidagi mexanizmdan foydalanadi. Baza registridagi qiymat foydalanuvchi jarayoni natijasida hosil bo‘lgan har bir manzilga qo‘shiladi, ular xotiraga yuborilganida hisobga olinadi. Masalan, agar bazaviy registr qiymati 10000 bo‘lsa, foydalanuvchi 100 manzil manzilidan foydalanishga urinsa, dinamik ravishda 10100 manziliga joylashtiriladi. Foydalanuvchi dasturi virtual manzillar bilan shug‘ullanadi, u hech qachon haqiqiy fizik manzillarni ko‘rmaydi.
Tarjimon
Algoritmik tilda dasturdagi o‘zgaruvchilarni aniqlash
Tarjimon tomonidan yaratilgan shartli manzillar
Fizik xotira yacheykalari raqamlari
3.2- rasm. Manzil turlari
Shu bilan birga, har bir jarayon o‘zining virtual manzil maydoniga ega - tarjimon har bir dasturning parametrlari va kodlariga virtual manzillarni mustaqil ravishda tayinlaydi (3.3- rasm).
3.3- rasm. Bir nechta dasturlarning virtual manzil maydonlari
O‘zgaruvchining virtual manzillari va turli xil jarayonlar ko‘rsatmalarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi nizolarga olib kelmaydi, chunki ushbu o‘zgaruvchilar bir vaqtning o‘zida xotirada bo‘lganida, operatsion tizim ularni turli xil fizik manzillarga joylashtiradi. Turli xil operatsion tizimlar virtual manzillar maydonini tuzishning turli usullaridan foydalanadilar. Ular chiziqli va segmentli. Ba’zi bir operatsion tizimlarda, fizik xotira singari, jarayonning virtual manzillar maydoni doimiy ravishda virtual manzillarning ketma- ketligi sifatida taqdim etiladi. Manzil maydonining bunday tuzilishi chiziqli deb nomlanadi. Boshqa operatsion tizimlarda virtual manzillar maydoni segmentlar (yoki bo‘limlar, yoki maydonlar yoki boshqa atamalar) deb nomlangan qismlarga bo‘linadi.
Fizik va mantiqiy xotira
Fizik xotira. Ma’lum bo‘lishicha, bu usulda boshqarishni tashkil etish xotira satxlariga kirishni va aloqa chastotasini kamaytiradi. Bu
yerda muhim rolni, chegaralangan vaqt davomida, xotira manzillarining kichik bo‘lagi bilan ishlash xossasi o‘ynaydi. Protsessor keshi, qurilmalarning bir qismi hisoblanadi, shuning uchun operatsion tizimning xotira menejeri, asosan ma’lumotlarni kompyuterning asosiy va ichki xotira qismiga taqsimlash bilan shug‘ullanadi. Bazi sxemalarda tezkor va ichki xotira o‘rtasidagi oqimni dasturchi boshqaradi. Ammo bu bog‘lanish dasturchi vaqtini yo‘qotadi, shu sababli bu ishni OT ga yuklashga harakat qilinadi.
Fizik xotirada ma’lumotlarni real joylashishini ko‘rsatuvchi asosiy xotiradagi manzillar - fizik manzillar deb ataladi. Dastur ishlaydigan fizik manzillar to‘plami, fizik manzillar maydoni deb ataladi.
Mantiqiy (logical) xotira.Xotirani, yacheykalar chiziqli to‘plami ko‘rinishida tashkil etish, dasturchining dastur va ma’lumotlar saqlanishi ko‘rinishi haqidagi tasavvuri bilan mos kelmaydi. Bazan jarayon tarkibiga kiruvchi hamma modullar xotirada ketma-ket joylashadi va chiziqli manzillar maydonini tashkil qiladi. Biroq ko‘pincha modullar xotiraning turli joylarida joylashtiriladi va turlicha foydalaniladi.
Xotirani bosharish sxemasida, foydalanuvchining bunday tassavuriga mos keladigan ma’lumot va dasturlarni saqlash, segmentatsiya deyiladi. Segment-xotiraning aniq ko‘rsatilgan qismi bo‘lib, uning ichki qismida chiziqli manzillarni qo‘llab-quvvatlaydi. Segment protsedura, massiv, stek yoki skalyar miqdorlardan tashkil topgan bo‘ladi, lekin, odatda aralash turdagi ma’lumotlardan iborat bo‘lmaydi. Boshida segmentlar dastur kodi fragmentlarini (matn redaktori, trigonometrik kutubxona va x.k.) jarayonlar bilan umumlashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak, chunki ularsiz har bir jarayon o‘zining manzil maydonida ma’lumotlarning yana bir nusxasini saqlashiga to‘g‘ri kelar edi. Xotiraning, tizim bir nechta jarayonning ma’lumotlarini aks ettiradigan alohida qismlari bo‘lib ular segmentlar deb nom oldi.
Xotira shunday qilib, chiziqli ko‘rinishdan ikki o‘lchamli ko‘rinishga keldi. Manzil ikki komponentdan iborat bo‘lib, ular: segment raqami va segment ichidagi joylashgan o‘rnidir. Keyinchalik, jarayonning turli komponentalarini (dastur kodi, ma’lumotlar, stek va x.k.) turli segmentlarda joylashtirish qulay bo‘lib qoldi. Yana shu narsa aniq bo‘lib qoldiki, aniq segment ishini, unga segmentda
saqlanadigan ma’lumotlar ustida bajarilishi ruhsat berilgan operatsiyalar, masalan, murojaat xuquqi va operatsiyalar turi kabi atributlar qiymatini berib, nazorat qilish mumkin bo‘lib qoldi. Jarayon segmentlarining kompyuter xotirasida joylashishi 3.4- rasmda ko‘rsatilgan.
3.4- rasm. Jarayon segmentlarining kompyuter xotirasida joylashishi Bazi, jarayonni manzil manzilini tasvirlaydigan segmentlar 3.4-
rasmda ko‘rsatilgan.
Aksariyat zamonaviy operatsion tizimlar xotirani segmentli boshqaruv xususiyatiga ega. OT larning bazi arxitekturalarida (masalan, Intel) segmentlash qurilmalar tomonidan qo‘llanadi. Jarayon murojaat qiladigan manzillar, operativ xotirada mavjud bo‘lgan real manzillardan shu tarzda farq qiladi. Har bir aniq holatda dastur foydalanadigan manzil, har xil usullar yordamida tasvirlanishi mumkin. Masalan, manzil, berilgan matnda odatda belgili bo‘ladi. Kompilyator bu belgili manzil va o‘zgaradigan manzillarni bog‘laydi (masalan, n bayt modul boshidan). Dastur generatsiyalagan bunday manzil odatda mantiqiy manzil (virtual xotirali tizimlarda u ko‘pincha virtual xotira) deb nomlanadi. Barcha mantiqiy manzillar to‘plami mantiqiy (virtual) manzillar maydoni deb ataladi.
Manzillar bog‘lanishi
Demak, mantiqiy va fizik manzillar maydonlari, tashkil etilishi va o‘lchami bo‘yicha bir biriga mos emas. Mantiqiy manzillar
maydoning maksimal o‘lchami odatda protsessorning razryadi bilan aniqlanadi (masalan 232), va zamonaviy tizimlarda fizik manzillar maydonining hajmidan ko‘zga ko‘rinarli darajada yuqori bo‘ladi. Shunday ekan, protsessor va operatsion tizim asosiy xotirada joylashgan dasturni dastur kodiga, real fizik manzilga tayangan holda yo‘lni aks ettirishi kerak. Bunday ko‘rinishda manzillarni tasvirlash manzillarni translatsiyasi yoki manzillarni bog‘lash deb nomlanadi.
Mantiqiy manzilning fizik manzil bilan bog‘lanishi dastur operatorining bajarilishigacha yoki bajarilish vaqtida amalga oshirilishi shart. Bunday holda, ko‘rsatmalarni va ma’lumotlarni xotiraga bog‘lash quyidagi qadamlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|