• Kontroller qurilmasi
  • Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi
  • To‘xtalishlar
  • Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u




    Download 4,88 Mb.
    bet39/129
    Sana18.11.2023
    Hajmi4,88 Mb.
    #100808
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   129
    Bog'liq
    a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

    Qurilma

    Ma’lumot almashish tezligi

    Klaviatura

    10 bayt/s

    Sichqoncha

    100 bayt/s

    Modem 56K

    7 Kbayt/s

    Raqamli kamera

    3,5 Mbayt/s

    Blu-ray disk 4x

    18 Mbayt/s

    802.11n standartli simsiz tarmoq

    37,5 Mbayt/s

    USB 2.0

    60 Mbayt/s

    FireWire 800

    100 Mbayt/s

    Gigabit Ethernet standart tarmog‘i

    125 Mbayt/s

    SATA 3 disk

    600 Mbayt/s

    USB 3.0

    625 Mbayt/s

    SCSI Ultra 5 disk

    640 Mbayt/s

    Bir yo‘lakli shina PCIe 3.0

    985 Mbayt/s

    Shina Thunderbolt 2

    2,5 Gbayt/s

    SONET OC-768 tarmog‘i

    5 Gbayt/s

        • Boshqaruvning murakkabligi. Printer uchun nisbatan sodda interfeys kerak, diskga esa – ancha murakkabroq. Bu farqlarning OT ga ta’siri kiritish/chiqarish kontrollerlarni murakkablashi bilan bartaraf etiladi;

        • Ma’lumotlar uzatish birligi. Ma’lumotlar bloklar yoki bayt yoki belgilar oqimlari bilan uzatilishi mumkin;

        • Ma’lumotlarni taqdim etish. Turli qurilmalar ma’lumotlarni kodlashning, shu jumladan, belgilarni kodlash va juftlikni nazorat qilish, turli sxemalaridan foydalanadi;

        • Xatolik shartlari. Xatoliklar tabiati, ular haqida xabar berish usuli, ularning asoratlari va ehtimolli javoblari bir qurilmadan boshqa qurilmaga o‘tganida keskin farqlanadi.

    Ba’zi eng keng tarqalgan qurilmalarning ma’lumot uzatish tezligi 4.1- jadvalda keltirilgan.


    Kontroller qurilmasi


    Kiritish/chiqarish qurilmasi mexanik va elektr komponentlardan iborat. Bu komponentlar ko‘p holatlarda maksimal model va modelni umumlashtirish maqsadida mantiqiy ajratilishi mumkin. Odatda u shaxsiy kompyuterlarda kengayuvchan slotga o‘rnatiladigan ma’lum bir ko‘rinishli plata shaklida bo‘ladi. Mexanik komponentlar - qurilmaning o‘zi. Odatda kontroller platasi asosiy qurilmaning o‘ziga kabel orqali ulanishi mumkin bo‘lgan qismlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Ko‘plab kontrollerlar ikki, to‘rt, xatto sakkizta qurilmalarni boshqarish imkoniyatiga ega. Agar kontroller va qurilma o‘rtasida interfeys standart bo‘lsa, unda belgilangan rasmiy standartlar ANSI, IEEE yoki ISO, yoxud alohida qurilma va kontrollerlar ishini soddalashtirish uchun chiqarilgan standartlar mavjud. Ko‘plab kompaniyalar SATA, SCSI, USB, Thunderbolt yoki FireWire (IEEE 1394) bilan mos keladigan qattiq disklarni ishlab chiqaradilar.
    Ko‘plab kichik kompyuterlar yagona shina modeli bo‘yicha tashkil qilingan qurilmalar bilan birga ishlaydi (4.1-rasm). Ko‘plab mashina, meynfreymlar (dastlabki superkompyuterlar) kiritish/chiqarish kanali deb ataladigan ixtisoslashtirilgan kompyuterlarga kiritish/chiqarish xizmatini ko‘rsatish uchun bir nechta shinali modelni ishlatadi. Bunday tashkil qilish asosiy protsessorda yuklamani pasaytirishga imkon beradi.

    Shina
    4.1- rasm. Protsessor, xotira, kiritish/chiqarish va boshqa kontrollerlarni ulanish modeli

    Qurilma va kontroller o‘rtasidagi interfeys qisman past pog‘ona interfeysi hisoblanadi. Masalan, biron bir qattiq disk sektor hajmi 512 bayt bo‘lgan yo‘lakga 2000000 sektor uchun formatlanishi mumkin. Darhaqiqat, kontroller sektor sarlavhasidan (kirish qismi) boshlanadigan ketma-ket bit oqimlarini oladi, keyin sektorda mavjud bo‘lgan 4096 bitni kuzatadi va xatolikni to‘girlash kodi (Error- Correcting Code) deb nomlangan nazorat summasi ohitiga yetadi. Sektor sarlavhasi formatlanayotgan (shakl berilayotganda) vaqtda diskga yoziladi. Boshqaruv qurilmasining vazifasi ketma-ket oqimni baytlar blokiga aylantirish va kerak bo‘lganda xatoliklarni tuzatishdir. U silindr va sektor raqami, sektor hajmi, sinxronizatsiyalash axboroti va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Blok bayti odatda kontroller buferida bitdan bitlarni to‘playdi. So‘ng blok nazorat summasini tekshiradi va agar u sektor sarlovhasida ko‘rsatilgan bilan mos tushsa, uni xatosiz deb e’lon qilgandan so‘ng, uni tezkor xotiraga ko‘chirishi mumkin.


    Monitor kontrolleri (videokontroller) past pog‘onadagi qurilmalar kabi bitli ketma-ketlikda ishlaydi. U xotira baytlari hisoblaniladi va o‘z ichiga signalni tasvirlash va shakllantirish belgilarini oladi, elektron trubka nurlarini modulyatsiyalashda ishlatiladi, uni ekranda rasmini chiqaradi. Bundan tashqari, videokontroller signalni shakllantiradi, elektr nurlarni vertikal va gorizontal joylashishini boshqaradi. Bu signallar suyuq kristall ekranlarda alohida piksellarda ko‘rsatiladi va ularni yorug‘roq ko‘rsatadi.
    Kontrollerning ayrim qurilmalari asosan, disk bosqichma- bosqich to‘xtalishi juda qiyin. Masalan, zamonaviy diskni o‘quvchi kontroller qurilmalari bir necha megabaytli ichki xotiraga ega. Kontrollerni o‘qish operatsiyasini bajarish natijasida kerakli silindr ko‘rsatilgandan so‘ng ma’lumotlarni hisoblash va saqlash amalga oshiriladi (sektorga kirishga ruhsat berishni kutib o‘tirmaydi). Bunday keshlash ma’lumotlar so‘rovi ketma-ketligida samaraliroq bo‘ladi. Talab qilinayotgan ma’lumotni olingandan so‘ng kontroller sektorlar ketma-ketligida keshlashni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Shunga o‘xshash mexanizmlar diskga murojaat qilmasdan o‘qish, ko‘plab so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.

    Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi


    Har bir kontrollerda bir nechta registrlar bor, ularning yordami bilan markaziy protsessorga murojaat qilish mumkin. Ushbu registrlarga yozish orqali operatsion tizim qurilmaga ma’lumotlarni taqdim etish, ma’lumotlarni olish, yoqish, o‘chirish yoki boshqa amallarni bajarishni buyurishi mumkin. Ushbu registrlardagi ma’lumotlarni o‘qib, operatsion tizim qurilmaning joriy holati, yangi buyruqni qabul qilishga tayyor yoki yo‘qligini bilib olishi mumkin.
    Ko‘plab qurilmalarda boshqaruv registrlaridan tashqari, operatsion tizim ma’lumotlarni o‘qishi va yozishi uchun ma’lumotlar buferi mavjud. Masalan, kompyuterlarning ekranda piksellarni ko‘rsatadigan eng keng tarqalgan usuli bu video xotira. Buni video xotira o‘zining buferida (ma’lumotlar tasviri yoziladigan operatsion tizim dasturi) taqdim etadi. Protsessor boshqaruv registri va qurilma ma’lumotlar buferi bilan birgalikda ishlashining ikki xil yo‘li mavjud. Birinchisi har bir registr kiritish/chiqarish portiga - 8 yoki 16 razryadli sonlarni berish taklif etiladi. IN REG, PORT kabi maxsus K/Ch buyruqlaridan foydalanib, markaziy protsessor PORT boshqaruv registridan ma’lumotlarni o‘qiy oladi va natijani REG registrida saqlaydi. Xuddi shunday, OUT PORT, REG buyrug‘i yordamida markaziy protsessor o‘zining REG registrini PORT boshqaruv registriga yozishi mumkin.
    Masalan:
    IN REG, PORT
    Boshqaruv registr PORT qurilmasida protsessor REG registri quyidagi buyruqlar yozuvini o‘z ichiga oladi:
    OUT PORT, REG
    Ko‘plab birinchi kompyuterlar, meynfreymlar (ko‘proq IBM 360 va uning barcha eski versiyalari) shunday ko‘rinishda ishlagan. Bu holatda xotira va kiritish/chiqarish sohasi 4.2a- rasmda ko‘rsatilgandek farqli manzil maydonlariga ega bo‘ladi.



    Turli xil manzil maydoni
    0xFFFF… Xotira


    Kiritish/chiqarish porti

    Bir manzilli maydon


    Ikki manzilli maydon



    0
    a b v
    4.2- rasm. Xotira va kiritish/chiqarish maydoni bo‘linishi variantlari:
    a) xotira va kiritish/chiqarish maydoni qismlari; b) kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi; v) aralash variant.

    Boshqa kompyuterlarda kiritish/chiqarish registrlari odatiy xotira manzil maydonidan foydalanadi (4.2b-rasm). Bunday tashkillash- tirilish kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi deb ataladi. U birinchi bo‘lib kichik kompyuter (mini kompyuter) PDP-11da foydalanilgan. Har bir boshqaruv registri xotira bilan bog‘lanmagan xotira noyob manzilini beradi. 4.2v-rasmda boshqaruv registri uchun alohida kiritish/chiqarish porti va ma’lumotlar buferi xotirasida tasvirlashda foydalaniladigan aralash sxema keltirilgan. Qurilma ma’lumotlar buferi 640 Kbayt dan 1 Mbaytgacha zahiralangan manzil diapozonidan, va kiritish/chiqarish porti birinchi 64 Kbayt joyni oladigan Pentium protsessorlariga asoslangan tizimda qo‘llaniladigan arxitekturaga o‘xshaydi.


    Protsessor barcha holatlarda uni manzilini shina liniyasi manziliga kiritadi, so‘ng boshqaruv liniyasi bo‘yicha o‘qish signalini beradi. Xotiraga murojaat qilishdan kiritish/chiqarish maydoniga murojaat qilishning farqi ikkinchi liniya signalini talab qilishida. Xotiraga murojaat qilinganda xotira so‘rovga javob qaytarishi kerak. Kiritish/chiqarish muhitiga murojaat qilinganda qurilma javob

    qaytaradi. Har bir xotira moduli va har bir kiritish/chiqarish qurilmasi manzillari solishtiriladi, xizmat ko‘rsatiladigan manzil diapozonida shinaga yozadigan yagona manzil muhiti mavjud (4.2b-rasm). Agar diapazon oralig‘ida bo‘lsa qurilma so‘rovga javob qaytaradi.

    To‘xtalishlar


    Kontroller registri bir yoki bir necha bitlarni o‘z ichiga oladi. Ularni chiqarish operatsiyasi yakunlanganligini tekshirish va aniqlash va yangi ma’lumotlarni qurilmaga kiritish mumkin. Davr protsessorlarda bajariladi va tekshiriluvchi bit so‘rov yoki faol kutish deb ataladigan ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish qurilmasi tayyorlilik holatida bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishga tashqi qurilma tayyorligini kutish sababli bir topshiriqli tizimlarda uncha katta bo‘lmagan ajratilgan kirishga ruhsat berilgan faol kutish ancha vaqtni talab qiladi.
    Bitli holatda qo‘shimcha ravishda ko‘plab kontrollerlar yozish va o‘qish uchun registr tayyorligi to‘g‘risida protsessorga xabar berishga yordam beradigan to‘xtalishlardan foydalanadi. Kiritish/chiqarish kontekstida ko‘plab interfeysli qurilmalar ma’lumotlar tayyorligini yoki operatsiyalar yakunlanganligini bildiruvchi chiqarishni generatsiyalaydi, biroq tizimli shina belgilangan liniyasi ishlaydi. To‘xtalishni chaqirish operatsiyasi yakunlanishi natijasida protsessor to‘xtatiladi va to‘xtalishlarni qayta ishlash protsedurasi ishga tushadi. To‘xtalishlarni qayta ishlash protsedurasi kiritish/chiqarish yakunlanganligi to‘g‘risida operatsion tizimga axborot beradi. Shundan so‘ng operatsion tizim bitlar holatini tekshirishi va takroran uzatishda yoki ma’lumotni olingandagi xatoliklarni yo‘q qilishi mumkin.
    Kontrollerga kiradigan to‘xtalishlar soni chegaralangan. Masalan, Pentium shaxsiy kompyuterlarida kiritish/chiqarish qurilmasiga faqat 15 ta to‘xtalishni kiritishga ruhsat berilgan. Kompyuter ona platasiga o‘rnatilgan ayrim kontrollerlar eskirgan. Kontroller to‘xtalish signallariga muvofiq o‘rnatilgan birlashtiruvchi platalari qismlariga qo‘yiladi va ba’zida qurilma yozuvchi yoki qabul qilgich vosita orqali yoqiladi. Agar foydalanuvchi yangi kartani o‘rnatsa, u mavjud qurilmalar bilan muammo chiqarmasligi uchun to‘xtalishni o‘rnatishni foydalanuvchining o‘zi amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Ko‘plab foydalanuvchilar buni noto‘g‘ri bajaradilar, tizimni
    yuklash bosqichida to‘xtalish liniyasini qurilmaga mustaqil sozlovchi BIOS tufayli, avtomatik sozlash mexanizmi (Plug and Play) paydo bo‘ldi.



      1. Download 4,88 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   129




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u

    Download 4,88 Mb.