|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 47/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штFayl tizimi (FT) – bu operatsion tizimning bir qismi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Diskdagi barcha fayllar majmuini;
Fayllarniboshqarishuchunfoydalaniladiganma’lumotlartuzilis hito‘plami (masalan, diskdabo‘shvabandjoylarnitaqsimlashjadvali, fayldeskriptorlari, faylkatalogikabi);
Faylni izlash, nomlash, yozish, o‘qish, o‘chirish va yaratish kabi fayl bilan bog‘liq turli xil operatsiyalarni amalga oshiruvchi dasturiy tizim vositalar to‘plami.
Fayl tizimi faylni taqdim etuvchi ba’zi mavhum obyekt ishlarini bajarishda sodda operatsiyalar to‘plamidan iborat dasturlardan foydalanadi. Shu sababli dasturchilarga diskdagi ma’lumotlarni joylashuvi, ma’lumotlarni buferlash va boshqa uzoq vaqt xotirada saqlovchi qurilmada ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq past pog‘ona muammolarini to‘liq bilishi shart emas. Bu funksiyalarning barini fayl tizimi o‘z ichiga oladi. Fayl tizimi diskli xotirani taqsimlaydi, faylni nomlaydi, tashqi xotiradagi tegishli manzilda fayl nomini tasvirlaydi, ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi, qismlarni qo‘llab-quvvatlaydi, faylni himoya qiladi va qayta tiklaydi.
Bunday ko‘rinishda fayl tizimi oraliq qatlam rolini bajaradi, uzoq vaqt saqlanadigan ma’lumotlarni fizik tashkil etilishining barcha
murakkabliklarini himoyalaydi va bu saqlanuvchiga nisbatan sodda mantiqiy modelli dasturni fayl yaratuvchisiga taqdim etadi, shuningdek unga murakkab fayllar uchun qulay bo‘lgan buyruqlardan foydalanishni taqdim etadi.
FT tomonidan yechiladigan vazifalar umuman hisoblash jarayonini tashkil qilish usuliga bog‘liq. FT ning eng sodda ko‘rinishi bu bir foydalanuvchilik va bir dasturli OT lar, masalan MS-DOS. Bir foydalanuvchilik va bir dasturli FT ning asosiy funksiyasi quyidagi masalalarni hal etish hisoblanadi:
Faylni nomlash;
Ilovalar uchun dasturiy interfeys;
Ma’lumotlar saqlaydigan fizik tashkil etuvchisida fayl tizimining mantiqiy modelini tasvirlash;
Resursdagi to‘xtalishlarga, qurilma va dasturiy vositalar xatoliklariga fayl tizimining bardoshliligi.
FT masalasi bir foydalanuvchi ishlashiga mo‘ljallangan, lekin unga bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayonlarni ishga tushirishga imkon beradigan bir foydalanuvchili ko‘pdasturli OT operatsiyalarini murakkablashtiradi. Bu toifadagi birinchi OT OS/2 bo‘lgan. Yangi topshiriqni qo‘shish masalasini bajarishda faylga bir nechta jarayonlar kirishiga ruhsat berilishi kerak bo‘lgan. Bu holatda fayl resurslarga ajratilgan, demak fayl tizimi ushbu resurslar bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etishi kerak bo‘lgan. Bir foydalanuvchilik ko‘p dasturli fayl tizimida faylni va uning qismlarini bloklash, quvib o‘tishni oldini olish, berklikni rad etish, nusxalarni moslashtirish va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin.
Fayl tizimlarini ierarxik tuzilishi
Foydalanuvchi belgili nom bo‘yicha faylga murojaat etadi. Biroq inson xotirasida obyekt qiymatlarini saqlab qolish cheklangan, ya’ni foydalanuvchi nom bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. Nom joylarini ierarxik tashkil qilish bu chegaralarni kengaytirish imkoniyatini beradi. Aynan shu sababli ko‘plab fayl tizimlari nisbatan quyi pog‘ona katalogi nisbatan yuqori pog‘ona katalogi tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan pog‘onalarni tashkil etish hisobiga ierarxik strukturaga ega bo‘ladi, shu sababli ierarxik struktura xususiy holatlarda barcha fayllar bitta katalog ichiga kirganda bir pog‘onali tashkil etilgan bo‘ladi
(5.1a- rasm). Ierarxik katalogni tavsiflovchi graf daraxtli (5.1b- rasm) yoki tarmoqli (5.1v- rasm) bo‘lishi mumkin.
Ildizsimon
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|