|
Fayllarni boshqarish va ular ustida amallar bajarish
|
bet | 53/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт Faylni mantiqiy tashkil etish
Fayl tarkibidagi ma’lumot umumiy holatda hech qanday mantiqiy strukturaga ega bo‘lmaydi. Bu struktura ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish asosida bo‘ladi. Masalan, matnni ekranda to‘g‘ri ko‘rsatish uchun, dastur alohida so‘zni, qatorni, xat boshini va boshqalarni ajrata olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bitta element tuzilishini boshqasidan ajratish belgisiga, belgilangan kodlar ketma-ketligi yoki fayl boshlanishiga taa’luqli bo‘lgan ushbu element tuzilishi qiymatlarini aralashtiruvchi sodda dastur xizmat qilishi mumkin. Birinchi holatda barcha ishlar ma’lumotlar ketma-ketligi struktura- lashtirilmagan FT da taqdim etiladigan fayl ajratilgan ilovaga to‘liq tegishli bo‘lgan faylning strukturalash va izohlashdan iborat bo‘ladi. Ilova, tizim vositasi barcha ilovalar uchun umumiy foydalaniladigan fayl tizimiga kiritish/chiqarish so‘rovlarini shakllantiradi, masalan, yozish va o‘qish uchun zarur bo‘ladigan bayt miqdori va fayl boshlanishidan siljitishini ko‘rsatish. Mantiqiy dasturda joylashgan mos tegishli bayt oqimlari ilovalarga kelib tushadi. Masalan, kompilyator generatsiyalaydi. Shu sababli obyekt moduli saqlanadigan fayl formati faqat dasturga ma’lum bo‘ladi. Aytib o‘tish
joizki, ma’lumotlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish ularning fayl tizimida saqlanish yo‘llariga hech qanday bog‘liq emas.
Bayt (oqim)ni strukturalashmagan ketma-ketlikda taqdim etadigan faylni o‘z ichiga olgan fayl modeli Unix OT bilan birga keng tarqalgan, bugungi kunda esa Windows OT larining barcha versiyalarida keng foydalanilmoqda. Faylni strukturalashtirilmagan modeli bir nechta ilovalar o‘rtasida faylni taqsimlashni oson tashkil etishga imkon beradi: turli xil ilovalar o‘zining tuzilishiga ega bo‘lishi va fayl ichidagi ma’lumotlarni sharhlashi mumkin.
Fayl tizimi yetarli miqdorda istalgan yozuvni ajratish maqsadida fayl tuzilishi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak. FT yozuvga kirish huquqini ilovaga taqdim etadi, so‘ng bu yozuvning ichidagi ma’lumotlarni qayta ishlashni ilova bajaradi. Bu yo‘lni rivojlantirish natijasida faqat murakkab strukturalarni qo‘llab-quvvatlash emas, balki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) bo‘ladi.
Mantiqiy yozuv dasturchi tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlar almashish operatsiyasini bajarishi mumkin bo‘lgan kam miqdordagi ma’lumotlar elementi bo‘ladi. Xatto agar qurilma bilan ma’lumotlarni fizik almashish katta o‘lchov birligida amalga oshirilsa, operatsion tizim dasturchini alohida mantiqiy yozuvga kirishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Fayl tizimi mantiqiy yozuvga kirishni ikkita usulidan foydalanishi mumkin: o‘qish yoki mantiqiy yozuvlar ketma – ketligini (kirish ketma-ketligi) yozish yoki ko‘rsatilgan raqam bilan yozuvga faylni joylashishi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish).
Shak shubhasiz OT faylda ma’lumotlarni strukturalashning barcha yo‘llarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin emas, shu sababli OT, faylni mantiqiy tashkil etish sxemasida keng tarqalgan uncha katta bo‘lmagan sonlar uchun joriy qilishni qo‘llab-quvvatlovchi faylni mantiqiy strukturalashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Montaj qilish
Umuman olganda, hisoblash tizimida bir nechta disk qurilmalari bo‘lishi mumkin. Hatto oddiy shaxsiy kompyuterda odatda bitta qattiq disk, bitta disket va CD diskovod mavjud. Kuchli kompyuterlar, qoida tariqasida, ko‘plab disk to‘plamlari bilan jihozlangan, ularda disk paketlari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, operatsion tizimdan foydalanadigan bitta fizik qurilma ham bir nechta mantiqiy qurilmalar ko‘rinishida taqdim
qilinishi mumkin, xususan, disk maydonini bo‘limlarga bo‘lish orqali. Savol tug‘iladi, bir nechta tashqi xotira qurilmalari bo‘lgan tizimda fayllarni saqlashni qanday tashkil qilish kerak?
5.5- rasm. Montaj qilishdan oldingi 2 fayl tizimi
5.6- rasm. Montajdan keyingi umumiy fayl tizimi
Birinchiyechimshundaki, harbirqurilmadaalohidafayltizimi, ya’niushbuqurilmadajoylashganfayllarmavjud; ularboshqaqurilmalardagikatalogdaraxtlaribilanhechqandaybog‘liqbo‘l magankatalogdaraxtitomonidantasvirlangan. Bunday holda, faylni noyob identifikatsiyalash uchun foydalanuvchi aralash ramziy fayl nomi bilan birga mantiqiy qurilmaning identifikatorini ko‘rsatishi kerak. Fayl tizimlarining bunday avtonom mavjudligiga misol operatsion tizimdir. MS-DOS da to‘liq fayl nomi mantiqiy diskning harf identifikatorini o‘z ichiga olgan. Shunday qilib, A diskida joylashgan faylga kirishda foydalanuvchi ushbu diskning nomini ko‘rsatishi kerak: A:\privat\letter\uni\letl.doc1. Boshqa variant - bu faylni saqlashni tashkil qilish, bunda foydalanuvchiga turli xil qurilmalarda joylashgan fayl tizimlarini yagona katalog daraxti tomonidan tasvirlangan yagona fayl tizimiga birlashtirish imkoniyati beriladi. Bunday operatsiya montaj qilish deb ataladi.
Ushbu operatsiya Unix operatsion tizimi misolida qanday amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. OT tizimdagi barcha mantiqiy disk qurilmalari orasidan tizim qurilmasi deb nomlangan bitta qurilmani ajratadi. Turli xil mantiqiy disklarda ikkita fayl tizimlari bo‘lsin, disklardan biri tizim diskidir (5.5- rasm). Tizim diskida
joylashgan fayl tizimiga ildiz (root) deb belgilanadi. Ildiz ko‘rinishga ega fayl tizimi bilan fayl ierarxiyasini bog‘lash uchun ba’zi mavjud kataloglar tanlanadi, bizning misolimizda bu “man” katalogi. Tanlanilgan “man” katalogini montaj qilingandan so‘ng, ikkinchi fayl tizimi katalog ildizi bo‘lib qoladi. Ushbu katalog orqali umumiy daraxtga daraxt osti sifatida bog‘lanib fayl tizimiga montaj qilinadi (5.6- rasm). Umumiy fayl tizimini montaj qilingandan so‘ng, foydalanuvchi uchun ildiz va montaj qilingan fayl tizimlari o‘rtasida mantiqiy farq bo‘lmaydi, xususan, fayl nomlari xuddi tizim boshidan birlashtirilgandek amalga oshiriladi.
Fayl operatsiyalari
Fayllardagi operatsiyalar to‘plami va ayniqsa ularning belgilari tizimdan tizimga qarab farq qilishi mumkin, ammo fayllar bo‘yicha quyidagi asosiy operatsiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
|
| |