• Tarmoq pog‘onasi
  • Transport pog‘onasi
  • Taqdimot pog‘onasi
  • Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u




    Download 4,88 Mb.
    bet63/129
    Sana18.11.2023
    Hajmi4,88 Mb.
    #100808
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129
    Bog'liq
    a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

    Kanal pog‘onasi - xatoliklarni aniqlash va fizik darajada xatoliklarni tiklashni o‘z ichiga oladi, belgilangan uzunlikdagi kadrlar (frame) yoki qismlarni qayta ishlaydi. Ushbu pog‘onada PDU (Protocol Data Unit – ma’lumotlar bloki protokoli) odatda kadr deb ataladi. Paketlar kommutatsiyasi rejimida ishlaydigan birinchi pog‘ona hisoblanadi.
    Tarmoq pog‘onasi – aloqa tarmog‘ida paketlarni bog‘lash va marshrutlashni ta’minlaydi, xususan, chiquvchi paketlarning manzillarini qayta ishlash, kiruvchi paketlarning manzillarini dekoderlash va yuklanish darajasining o‘zgarishiga mos keladigan
    javob uchun marshrutlash ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
    Transport pog‘onasi - quyi darajadagi tarmoqqa kirish va mijozlar o‘rtasida xabarlarni uzatish, shu jumladan xabarlarni paketlarga ajratish, paketlar tartibini kuzatish, boshqaruv oqimlari va fizik manzillarning generatsiyasi uchun javobgardir.
    Seans pog‘onasi - jarayonlar o‘rtasida sessiyalar (aloqani o‘rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi) yoki aloqa protokollarini amalga oshiradi. Amalda, kam sonli dasturlar seans pog‘onasidan foydalanadi va kamdan-kam hollarda alohida protokollar sifatida amalga oshiriladi. Ushbu qatlamning funksiyalari ko‘pincha dastur pog‘onasining funksiyalari bilan birlashtirilib, bitta protokolda amalga oshiriladi.






    Ma’lumot Sarlavha



    Paket

    Fizik aloqa



    6.5- rasm. OSI modeli



    Taqdimot pog‘onasi - uning nomidan ko‘rinib turibdiki, tarmoq orqali uzatiladigan ma’lumotlarning tarkibini o‘zgartirmasdan taqdim etilishini ta’minlaydi. Taqdimot pog‘onasi tufayli, bitta tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan uzatiladigan ma’lumotlar, har doim boshqa tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan tushuniladi (ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi). Shu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, va kerak bo‘lgan taqdirda axborotni zichlashtiradi (siqadi). Buning natijasida barcha amaliy xizmatlar uchun ma’lumotlar almashish mahfiyligi darhol ta’minlanadi. Bunga misol qilib, TCP/IP stekidagi amaliy pog‘ona protokollari uchun maxfiy xabar almashishni ta’minlaydigan SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirishimiz mumkin.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u

    Download 4,88 Mb.