Tekis (qat’iy) nom maydoni. Tekis maydon nomi bu manzilga beriladigan nomdir. Bu maydondagi nom strukturalanmagan belgilar ketma-ketligi sifatida qaraladi. Nomlar umumiy qismga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin, lekin bu hech qanday ma’noga ega emas. Tekis (qat’iy) nom maydonining asosiy kamchiligi shundaki, uni Internet kabi katta tizimda ishlatish mumkin emas, chunki noaniqlik va takrorlanishning oldini olish uchun markazlashtirilgan boshqaruv kerak.
Ierarxik nom maydoni. Ierarxik nomlar maydonida har bir nom bir necha qismdan iborat. Birinchi qism tashkilotning xususiyatini, ikkinchi qismi tashkilot nomini, uchinchi qismi tashkilotdagi bo‘limlarni va boshqalarni belgilashi mumkin. Bunday holda, nom maydonlarini tayinlash va boshqarish vakolati markazlashtirilishi mumkin. Markaziy tashkilot tashkilot nomini va tashkilot xususiyatini belgilaydigan qismni tayinlashi mumkin. Qolgan nomning javobgarligi tashkilotning o‘ziga berilishi mumkin.
Tashkilot o‘z hostini yoki manbalarini aniqlash uchun nomga suffikslarni (yoki prefikslarni) qo‘shishi mumkin. Tashkilot rahbariyati host uchun tanlangan prefiks boshqa tashkilot tomonidan qabul qilinadi, deb xavotirlanmaslik kerak, chunki manzilning bir qismi bir xil bo‘lsa ham, butun manzil boshqacha. Masalan, ikkita kollej va kompaniya o‘z kompyuterlaridan birini challenger deb ataydi deylik. Birinchi kollejga fhda.edu nomi va ikkinchi kollejga berkeley.edu nomi berilgan hamda kompaniyaga smart.com nomi berilgan. Ushbu tashkilotlarning har biri allaqachon berilgan nomga challenger nomini qo‘shganda, natija uchta turli xildagi nomga ega bo‘ladi: challenger.fhda.edu, challenger.berkeley.edu, va challenger.smart.com. Nomlar markaziy tashkilot tomonidan tayinlanishini talab etmasdan noyobdir. Markaziy tashkilot nomning to‘liq qismini emas, balki faqat bir qismini boshqaradi.
Domen nomi maydoni
Nomlarning ierarxik maydoniga ega bo‘lish uchun, domen nomining maydoni yaratilgan. Ushbu dizayndagi nomlar tepada joylashgan ildiz (root) bilan teskari ko‘rinishdagi daraxt shaklida tuzilgan. Daraxt faqat 128 darajaga ega bo‘lishi mumkin: 0 darajasidan (ildiz, yoki root) 127 darajagacha (7.34- rasmga qarang).
7.34- rasm. Domen nomi maydoni
Belgi
Daraxtning har bir tugunida belgi mavjud, u 63 belgidan iborat satr. Ildiz (root) belgisi - bu null string, ya’ni bo‘sh satr. DNS, tugunning ostki qismlari (bitta tugunning ostki tugunlar) turli xil belgilarga ega bo‘lishini talab qiladi, bu domen nomlarining noyobligini kafolatlaydi.
Domen nomi
Daraxtdagi har bir tugun domen nomiga ega. To‘liq domen nomi
- bu nuqta (.) bilan ajratilgan belgilar ketma-ketligi. Domen nomlari har doim tugundan ildizgacha (root) o‘qiladi. Oxirgi belgi - bu ildizning belgisi (null). Bu shuni anglatadiki, to‘liq domen nomi har doim nol belgisida tugaydi, ya’ni oxirgi belgi nuqta degan ma’noni anglatadi, chunki bo‘sh qator hech narsa emas. 7.35- rasmda ba’zi domen nomlari keltirilgan.
Ildiz (root)
Belgi
edu
edu.
Domen nomi
Belgi
tuit tuit.edu.
Domen nomi
Belgi
ttf ttf.tuit.edu.
Domen nomi
Belgi
opertizim
opertizim.ttf.tuit.edu.
Domen nomi
7.35- rasm. Domen nomi va belgilar
Domen
Domen bu domen nomi maydonining ost-daraxti. Domenning nomi ost-daraxtning yuqori qismida joylashgan tugunning nomi. 7.36- rasmda ba’zi domenlar ko‘rsatilgan. Domenlar boshqa domenlar uchun foydalanilishi mumkin, odatda bu ost-domenlar deb ataladi.
Ildiz (root)
Domen
com edu
Domen
Domen
Domen
Nom maydonlarini taqsimlash
Domen nomlari maydonida joylashgan ma’lumotlar saqlanishi kerak. Biroq, juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgan bitta kompyuter xotirasiga ega bo‘lish juda samarasiz va ayni paytda ishonchli emas. Dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan so‘rovlarga javoban tizimga katta yuklama tushishi hisobiga bu samarasiz hisoblanadi. Har qanday nosozlik ma’lumotlarga kirishga imkon bermasligi sababli bu ishonchsizdir.
Nom serverlari ierarxiyasi
Ushbu muammolarning yechimi ma’lumotlarni DNS serverlari deb nomlangan ko‘plab kompyuterlar orasida tarqatishdir. Buning bir usuli - bu butun maydonni birinchi darajaga asoslangan ko‘plab domenlarga bo‘lish. Boshqacha qilib aytganda, biz ildizni (root) yolg‘iz qoldiramiz va ko‘p darajali domenlar yaratamiz (pastki darajalar), chunki birinchi darajali tugunlar mavjud. Shu tarzda yaratilgan domen juda katta bo‘lishi mumkinligi sababli, DNS domenlarni kichikroq domenlarga (pastki domenlarga) bo‘lish imkonini beradi. Har bir server katta yoki kichik domen uchun javobgar (vakolatli) bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bizda nomlar ierarxiyasi bo‘lgani kabi serverlar ierarxiyasi ham mavjud (7.37- rasmga qarang).
7.37- rasm. Server nomlari ierarxiyasi
Zona (Zone)
To‘liq domen nomlari ierarxiyasini bitta serverda saqlash imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, u ko‘p serverlar orasida taqsimlanadi. Server javobgar bo‘lgan yoki uning vakolatiga ega bo‘lgan tushuncha zona deb nomlanadi. Biz zonani butun daraxtning qo‘shni qismi sifatida belgilashimiz mumkin. Agar server domen uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olsa va domenni kichik domenlarga ajratmasa, «domen» va «zona» aynan bir tushunchani anglatadi. Server zonali fayl deb nomlangan ma’lumotlar bazasini yaratadi va ushbu domen ostidagi har bir tugun uchun barcha ma’lumotlarni saqlaydi. Agar server o‘z domenini quyi domenlarga ajratsa va o‘z vakolatlarining bir qismini boshqa serverlarga topshirsa, "domen" va "zona" turli xil tushunchalarni anglatadi. Ost- domomenlardagi tugunlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar pastki darajadagi serverlarda saqlanadi va yuqori darajadagi server ushbu pastki darajadagi serverlarga havolani saqlaydi. Albatta, yuqori darajadagi server o‘zini javobgarlikdan butunlay ozod qilmaydi: u hanuzgacha zonaga ega, ammo batafsil ma’lumot quyi darajadagi serverlarda saqlanadi (7.38- rasmga qarang).
Server, shuningdek, o‘z domenining bir qismini ajratishi va javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi mumkin, ammo baribir domenning bir qismini o‘zi uchun saqlab qoladi. Bunday holda, uning zonasi vakolat berilmagan domenning qismi uchun batafsil ma’lumot va vakolat berilgan qismlarga havolalar mavjud.
7.38- rasm. Zonalar va domenlar
Ildiz (root) server
Ildiz server - bu butun daraxtdan tashkil topgan server. Ildiz server odatda domenlar to‘g‘risida hech qanday ma’lumot saqlamaydi, lekin o‘z vakolatlarini boshqa serverlarga topshiradi va o‘sha serverlarga murojaatlarni saqlaydi. Bir nechta ildiz serverlari mavjud bo‘lib, ularning har biri butun domen nomi maydonini o‘z ichiga oladi. Ildiz serverlari butun dunyoga tarqalgan.
Asosiy va ikkilamchi serverlar
DNS ikki xil serverni aniqlaydi: asosiy va ikkilamchi. Asosiy server bu vakolat berilgan zona to‘g‘risidagi faylni saqlaydigan server. Bu zona faylini yaratish, saqlash va yangilash uchun javobgardir. Zona faylini mahalliy diskda saqlaydi.
Ikkilamchi server - bu zona haqida to‘liq ma’lumotni boshqa serverdan (asosiy yoki ikkilamchi) jo‘natuvchi va faylni o‘zining mahalliy diskida saqlaydigan server. Ikkilamchi server zona fayllarini yaratmaydi va yangilamaydi. Agar yangilanish kerak bo‘lsa, uni yangilangan versiyasini ikkinchi darajaga yuboradigan asosiy server amalga oshirishi kerak.
Asosiy va ikkilamchi serverlar o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan zonalar uchun vakolatli hisoblanadi. G‘oya ikkinchi darajali serverni past darajasiga qo‘yish emas, balki bitta server ishlamay qolsa, boshqasi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni davom ettirish uchun ma’lumotlarning zaxirasini yaratishdir. Shuni ham unutmangki, server ma’lum bir zona uchun asosiy va boshqa zona uchun ikkinchi darajali server bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, asosiy yoki ikkilamchi server
deb aytganda, qaysi zonaga murojaat qilishimizdan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.
Asosiy server barcha ma’lumotlarni diskdan yuklaydi; ikkinchi server barcha ma’lumotlarni asosiy serverdan yuklaydi. Ikkilamchi server asosiy serverdan ma’lumotlarni yuklab olganida, uni zonani o‘tkazish (transfer) deyiladi.
Internetda DNS
DNS - bu turli platformalarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan protokol. Internetda domen nomlari maydoni (daraxt) uch xil qismga bo‘linadi: umumiy domenlar, mamlakat domenlari va teskari domen (7.39- rasmga qarang).
7.39- rasm. DNS ning Internetda qo‘llanilishi
Umumiy domenlar
Umumiy domenlar umumiy xarakterga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan hostlarni aniqlaydi. Daraxt ichidagi har bir tugun, domen nomi maydonining ma’lumotlar bazasi uchun indeks bo‘lgan domenni belgilaydi (7.40- rasmga qarang).
Daraxtga nazar tashlasak, umumiy domenlar bo‘limidagi asosiy daraja 14 ta belgilarga imkon beradi. Ushbu belgilar 7.8- jadvalda keltirilgan tashkilot turlarini tavsiflaydi.
7.40- rasm. Umumiy domenlar
7.8- jadval
|