|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 89/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штKompyuterni xavfsizligi: avtonom tizim sifatida qaraladigan kompyuterda qayta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar himoyasi bilan bog‘liq barcha muammolarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu muammolar operatsion tizimlar va amaliy dasturlar, masalan, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yoki korxona resurslarini boshqarish tizimi, shuningdek, o‘rnatilgan kompyuter qurilmalari yordamida hal qilinadi.
Tarmoq xavfsizligi: tarmoqdagi qurilmalarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq barcha muammolarni anglatadi:
Aloqa liniyalari orqali ma’lumotlarning uzatilish davrida himoyalash;
Tarmoqqa masofadan ruhsat etilmagan murojaatlardan himoyalash.
Ba’zida kompyuter va tarmoq xavfsizligi muammolarini bir- biridan ajratish qiyin bo‘lsa ham, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, ammo tarmoq xavfsizligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Tarmoq xavfsizligining xususiyatlari:
Tarmoqda ishlayotgan vaqtingizda kompyuteringizdan boshqa foydalanuvchiga mantiqiy kirishkasbiy, lavozimli holat bo‘ladi. Bunday holatda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun har bir foydalanuvchini nazoratga olish zarur, ya’ni ularni tarmoqda aniq belgilangan funksiyalari mavjud bo‘lishi va resurslarga murojaat qilish darajalari belgilab berilgan bo‘lishi zarur.
Tarmoq tabiati bo‘yicha yana bir turdagi xavf mavjud, ya’ni tarmoq bo‘ylab uzatilayotgan axborotni tutib olish va tahlil qilish, shuningdek «yolg‘on» trafiklarni yaratishdir. Tarmoq xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalarni kattagina qismi aynan shu turdagi buzilishlarni oldini olishga qaratilgan.
Operatsion tizimning xavfsizlikda tutgan o‘rni
Operatsion tizim kompyuter tizimining xavfsizligida muhim rol o‘ynaydi, chunki u tizimning barcha qismlariga kirish huquqiga ega. Operatsion tizim darajasidagi har qanday zaifliklar butun tizimni hujum uchun ochadi. Operatsion tizim qanchalik murakkab va kuchli bo‘lsa, uning hujumlarga nisbatan zaiflik ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Natijada, tizim ma’murlari o‘zlarining operatsion tizimlarini hujumlardan va mumkin bo‘lgan nosozliklardan himoya qilishning barcha vositalarini ko‘rib chiqishlari kerak.
Tizimning yashovchanligi
Tizimning yashovchanligi va unga erishish strategiyalarining to‘rtta asosiy xususiyatlari mavjud:
Hujumlarga qarshilik;
Hujumlar va zararni aniqlash;
Hujumdan keyin muhim va to‘liq xizmatlarni tiklash;
Kelajakdagi hujumlarning samaradorligini pasaytirish uchun moslashish va evolyutsiya.
8.1- jadvalda tizimning yashovchanligi va unga erishish strategiyasining asosiy xususiyatlari keltirilgan.
8.1- jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|