|
Operatsion sistema tushunchasi kompiyuterda modellashtirish fanidan
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 486,96 Kb. | | #229756 |
KOMPIYUTERDA MODELLASHTIRISH FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: TOPSHIRDI: Babajonov Murodbek Allamovich REJA: 1.Operatsion sistemalar va birinchi operatsion sistema haqida. 2.Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar. 3.Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari. OPERATSION SISTEMA VA BIRINCHI OPERATSION SISTEMA HAQIDA - Operatsion sistemaga ikki hil tarif berish mumkin:”Kompiyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmuasi” va “Kompiyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmuyi”.
- Dasturiy taminotning asosiy tashkil etuvchisi bolgan operatsion sistemaga quyidagicha tarif berish mumkin:
- Operatsion sistema bu kompyuter ishga tushganda ishga tushib ,kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini osonlashtiruvchi dastur.Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfaysli muloqotni ta`minlaydi va u qisqacha OS (Operatsion sistema) deb yuritiladi.
. Operatsion sistema foydalanuvchi bilan muloqot o`rnatadi , boshqa dasturlarni bajarishga yo`llaydi, kompyuterning resurslarini (tezkor xotira diskdagi joy va boshqalar)taqsimlaydi.U foydalanuvchiga dasturlarni ishga tushurish, turli malumotlarni ularga yo`llash va ulardan olish , dastur ishini boshqarish , kompiyuter va ularga birlashtirilgan qurilma parametrlarini o`zgartirish, resurslarni qayta taqsimlash imkoniyatini beradi. Operatsion sistemalar quyidagi sinflarga bo`linadi: bir va ko`p masalali, bir va ko`p foydalanuvchili. Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o`zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etish imkonini beradi. Ko`p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o`zida bir necha dasturni ishga tushirish imkonini beradi va bu dasturlar bir biriga monelik qilmagan holda paralel ishlaydilar .Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat bir kishining ishlashiga imkon beradi.Ko`p foydalanuvchili OS larda har bir foydalanuvchi umumiy axboratlardan va parolni kiritib faqat o`ziga tegishli shaxsiy axboratlardanfoydalanishi mumkin . Har qanday operatsion sistemasida quyidagi sifatlar bo`lishi talab etiladi
ishonchlilik
himoyalash
samaradorlik
qulaylilik
Har qanday operatsion sistema asosan quyidagi 3 ta vazifani bajaradi:
1) Qurilmalarni boshqarish
2) Dasturlarni boshqarish
3) Buyruqlar va ko`rsatmalarni
bajarish
Birinchi ishlab chiqarilgan operatsion sistemalar har bir kompyuter platformasi uchun alohida yozilar edi . Bir kompyuter uchun yozilgan operatsion sistema kodlarini boshqa kompyuterga o`tkazish juda ko`p mehnat va vaqt talab qilar edi. Manashunday kamchiliklarni bartaraf qilish yo`lida 1965-yildan boshlab Bell Telephone Labaratories,GEC va Massachusets tehnologiya instituti yuzlab foydalanuvchilarga hizmat ko`rsatadigan Multiks operatsion sistemasini ishlab chiqishga kirishdi, ammo Bell Telephone Labaratories loyihadan chiqib ketgach bu amalga oshmadi. Bell labaratoriyasi xodimlari izlanishdan to`xtamay axiri 1971- yilda kodlari to`liq assemblerda yozilgan, UNIX (o`qilishi yuniks) nomli operatsion sistema ishlab chiqishdi. Shaxsiy kompiyuterlar uchun birinchi OS CP/M deb nomlanib uni 1973-yilda digital research kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. OPERATSION SISTEMANI TASHKIL ETUVCHI DASTURLAR Operatsion sistema tarkibi asosan quyidagi 3 guruhdan iborat: - Vazifalarni rejalashtiruvchi qismni, qurilmalar drayverlarini , xotirani va fayl sistemasini boshqarish dasturini o`z ichiga olgan operatsion sistema o`zagi.
- Sistema kutubxonasi.
- Utilitlar qobig`i.
oPeratsion sistemaning o`zagi asosan quyidagi dasturlardan iborat bo`ladi - Uzilishlarni tahlil qilish moduli ;
- Jarayonlarni hosil qilish va o`chirish;
- Jarayonlarni bir holatdan boshqasiga o`tkazish;
- Jarayonlarni muvofiqlashtirish ;
- Kiritish-chiqarish amallarini boshqarish;
- Xotirani taqsimlash va qayta taqsimlash;
- Fayl sistemasi ishini boshqarish;
- Ishlarni hisobga olish va boshqalar.
Operatsion sistemaning yuklanishi Misol uchun Windowsda bu quyidagicha amalga oshadi: - Malumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS) doimiy xotirada joylashgan bajaradi, kerakli qurilmalarni tekshirishdan o`tkazadi va operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur chiqaradi;
- Operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record) juda qisqa dastur bo`lib , uning vazifasi tezkor xotiraga malumotlarni kiritish -chiqarish sistemasini kengaytirish moduli va amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan uzilishlarni tahlil qilish modulni yuklashdan iborat;
- Malumotlarni kiritish -chiqarish sistemasini kengaytirish moduli (IO.SYS) asosiy va qo`shimcha qurilmalarga xizmat ko`rsatuvchi drayverlarni yuklaydi;
d) Amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli (MSDOS.SYS)- biror dastur ishida hosil bo`lgan uzilishlarni tahlil etish va uning natijasiga ko`ra zaruriy choralar ko`rish; e) Buyruq protsessori (COMMAND.COM) sistema diskida joylashgan bo`lib , asosiy vazifasi foydalanuvchilarning operatsion sistemaga yuborgan buyruq yoki ko`rsatmalarni qabul qilish , taxlil qilish va lozim bo`lganda bajarish hamda foydalanuvchi dasturlarning buyruqlarini qayta ishlashdan iborat.
|
| |