Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi




Download 483,11 Kb.
bet2/16
Sana27.05.2024
Hajmi483,11 Kb.
#254499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
DISKLAR YO`\'LAKLARI

Fayl tizimi (FT) – bu operatsion tizimning bir qismi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

  • Diskdagi barcha fayllar majmuini;

  • Fayllarniboshqarishuchunfoydalaniladiganma’lumotlartuzilis hito‘plami (masalan, diskdabo‘shvabandjoylarnitaqsimlashjadvali, fayldeskriptorlari, faylkatalogikabi);

  • Faylni izlash, nomlash, yozish, o‘qish, o‘chirish va yaratish kabi fayl bilan bog‘liq turli xil operatsiyalarni amalga oshiruvchi dasturiy tizim vositalar to‘plami.

Fayl tizimi faylni taqdim etuvchi ba’zi mavhum obyekt ishlarini bajarishda sodda operatsiyalar to‘plamidan iborat dasturlardan foydalanadi. Shu sababli dasturchilarga diskdagi ma’lumotlarni joylashuvi, ma’lumotlarni buferlash va boshqa uzoq vaqt xotirada saqlovchi qurilmada ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq past pog‘ona muammolarini to‘liq bilishi shart emas. Bu funksiyalarning barini fayl tizimi o‘z ichiga oladi. Fayl tizimi diskli xotirani taqsimlaydi, faylni nomlaydi, tashqi xotiradagi tegishli manzilda fayl nomini tasvirlaydi, ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi, qismlarni qo‘llab-quvvatlaydi, faylni himoya qiladi va qayta tiklaydi.
Bunday ko‘rinishda fayl tizimi oraliq qatlam rolini bajaradi, uzoq vaqt saqlanadigan ma’lumotlarni fizik tashkil etilishining barcha
murakkabliklarini himoyalaydi va bu saqlanuvchiga nisbatan sodda mantiqiy modelli dasturni fayl yaratuvchisiga taqdim etadi, shuningdek unga murakkab fayllar uchun qulay bo‘lgan buyruqlardan foydalanishni taqdim etadi.
FT tomonidan yechiladigan vazifalar umuman hisoblash jarayonini tashkil qilish usuliga bog‘liq. FT ning eng sodda ko‘rinishi bu bir foydalanuvchilik va bir dasturli OT lar, masalan MS-DOS. Bir foydalanuvchilik va bir dasturli FT ning asosiy funksiyasi quyidagi masalalarni hal etish hisoblanadi:

  • Faylni nomlash;

  • Ilovalar uchun dasturiy interfeys;

  • Ma’lumotlar saqlaydigan fizik tashkil etuvchisida fayl tizimining mantiqiy modelini tasvirlash;

  • Resursdagi to‘xtalishlarga, qurilma va dasturiy vositalar xatoliklariga fayl tizimining bardoshliligi.

FT masalasi bir foydalanuvchi ishlashiga mo‘ljallangan, lekin unga bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayonlarni ishga tushirishga imkon beradigan bir foydalanuvchili ko‘pdasturli OT operatsiyalarini murakkablashtiradi. Bu toifadagi birinchi OT OS/2 bo‘lgan. Yangi topshiriqni qo‘shish masalasini bajarishda faylga bir nechta jarayonlar kirishiga ruhsat berilishi kerak bo‘lgan. Bu holatda fayl resurslarga ajratilgan, demak fayl tizimi ushbu resurslar bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etishi kerak bo‘lgan. Bir foydalanuvchilik ko‘p dasturli fayl tizimida faylni va uning qismlarini bloklash, quvib o‘tishni oldini olish, berklikni rad etish, nusxalarni moslashtirish va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin.

Download 483,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 483,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi

Download 483,11 Kb.