|
Faylga kirish mexanizmlari
|
bet | 4/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,11 Kb. | | #254499 |
Bog'liq DISKLAR YO`\'LAKLARIFaylga kirish mexanizmlari
Operatsion tizimlarda fayllarga kirishning uchta usuli mavjud:
Ketma-ket kirish;
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish;
Indeksli ketma-ket kirish.
Ketma-ket kirish - bu fayllarga kirishning ma’lum bir ketma- ketlikda amalga oshirilishi, ya’ni fayldagi ma’lumotlar ketma-ket tartibda qayta ishlanadi. Misol uchun, kompilyator odatda ushbu usulda fayllarga kirishga ruhsat oladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish - har bir yozuv faylda o‘zining manzillariga ega bo‘lib, undan foydalanib fayllarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish yoki yozish uchun kirish mumkin. Yozuvlar faylda hech qanday ketma-ketlikda bo‘lishi shart emas va ular qo‘shni tashuvchi joylarda bo‘lmasligi kerak.
Indeksli ketma-ket kirish – ushbu mexanizm ham fayllarga ketma-ket kirishga asoslangan. Ushbu usul turli xil bloklar uchun ko‘rsatgichlarni o‘z ichiga olgan fayl uchun indeksni yaratadi. Fayldagi yozuvni topish uchun avval indeks ketma-ketlikda izlanadi, so‘ng uning ko‘rsatgichi yordamida faylga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish amalga oshiriladi.
Fayllarni fizik tashkil etish, ularni o‘qish va yozish usullari
Fayl tizimlarini fizik tashkil etilishi
Foydalanuvchi fayl tizimi to‘g‘risida kamdan kam holatda fayllar umumiy tartibda saqlaniladigan ierarxik tashkil qilingan ko‘plab axborot obyektlaridan iborat deb tasavvur qiladi. Faylning asosiy maqsadi baytlarni uzluksiz to‘plamidan tasvirlaydi, aslida esa
disk bo‘ylab qismlarga bo‘lingan bo‘ladi. Chunki u bu bo‘linishlar faylni mantiqiy tuzilishi bilan hech qanday bog‘lanmagan. Masalan, uning alohida mantiqiy yozuvi diskning son sanoqsiz sektorlarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Real qurilmada faylni, katalogni va axborot tizimlarini joylashtirish faylni fizik tashkil etilishi bilan tavsiflanadi. Turli xil fayl tizimlari turli xil fizik tashkil etilishga ega bo‘ladi.
|
| |