• Rasm.7.3 soddalashtirilgan jarayonlarning o`rmoni. Strelka ota –farzand munosabatini ko`rsatadi.
  • Bir martalik amallar (operatsiyalar)




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/49
    Sana10.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #134427
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
    Bog'liq
    kim

    Bir martalik amallar (operatsiyalar) 
     
    Jarayonning kompyuterdagi murakkab xayot yo`li uni tug`ilishidan boshlanadi. 
    Jarayonlar kontseptsiyasini qo`llovchi ixtiyoriy OT, jarayon yaratish vositasiga ega 
    bo`lishi kerak. 
    Eng oddiy tizimlarda (masalan, faqat bitta aniq ilova ishi uchun loyixalashtirilgan 
    tizimlarda) xamma jarayonlar tizim satrida tug`ilishi mumkin. Murakkabroq 
    operatsion tizimlar, jarayonlarni zaruriyat bo`yicha dinamik xolda yaratadilar. 
    Operatsion tizim startidan so`ng, yangi jarayon tug`ilishi sababchisi bo`lib 
    maxsus tizimli chaqiriq bajargan foydalanuvchi jarayoni yoki operatsion tizim 
    bo`lishi mumkin, ya’ni natijada yana jarayon bo`lishi mumkin. 
    Yangi jarayon tug`ilishiga sabab bo`lgan jarayon ota jarayon(parent process) 
    deyiladi, qaytadan yangi yaratilgan jarayon–farzand jarayon deyiladi(child process). 
    Farzand jarayon o`z navbatida yana yangi farzand jarayonni yaratishi mumkin va 
    tizim ichida jarayonning geneologik daraxtini to`plamini xosil qiladilar, ya’ni 
    geneologik o`rmon xosil bo`ladi. 


    Rasm.7.3 soddalashtirilgan jarayonlarning o`rmoni. Strelka ota –farzand 
    munosabatini ko`rsatadi. 
    Jarayon tug`ilishida tizim yangi PCB tuzadi bunda jarayon tug`ilishi xolati bilan 
    uni to`ldira boshlaydi, yangi jarayon o`zining yagona identifikatsiya tartib raqamini 
    oladi. Biror bir jarayon tugashi bilan bo`shagan identifikatsiya nomeri boshqa 
    jarayon uchun ishlatilishi mumkin. 
    Odatda o`zining funktsiyalarini bajarish uchun jarayon –farzand ma’lum 
    resurslarni talab qiladi: xotira, fayllar, kiritish –chiqarish qurilmalari va xokazolar. 
    Ularni ajratishning ikki xil xolati bor. Yangi jarayon o`ziga ota jarayon resurslarini 
    olishi mumkin. Bunda u resurslarni ota –jarayon yoki boshqa farzand –jarayonlar 
    bilan bo`lishadi yoki resurslarin bevosita operatsion tizimdan olishi mumkin. 
    Ajratilgan resurslar xaqidagi ma’lumot PCB ga kiritiladi. 

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish