|
Operatsion tizimlar
|
bet | 40/102 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 10,37 Mb. | | #15514 |
Axborotlar diskda fayllar ko‘rinishida saqlanadi. Fayl turli belgilar, sonlar va xarflarning mantiqiy ketma-ketligidir. Ana shunday ketma-ketlik oddiy matnni ifoda etsa, bunday fayl matn fayli deyiladi.
Fayl nomi uzunligi 8 dan, kengaytma uzunligi esa 3 simvoldan oshmasligi kerak. Ajralib turishlari uchun fayl nomi bilan kengaytmasi orasiga nuqta qo‘yiladi:
command.com config.sys
autoexec.bat matemat8.txt
muhammad.hat a%&^s#$.$!
Faylga kengaytma qo‘yish majburiy emas. Ammo ko‘pgina dasturlar shu dasturda belgilangan kengaytmali fayllar yaratadi va fayllarni kengaytmasiga ko‘ra aniqlaydi.
txt
|
Matn fayli
|
.doc
|
Dasturgaoid ko‘rsatmalar
|
.bas
|
Beysik tilidagi dastur
|
.pas
|
Paskal’ tilidagi dastur
|
.c
|
Si tilidagi dastur
|
.exe
|
Bajariladigan fayl
|
.com
|
Bajariladigan fayl
|
.bat
|
buyruq fayli
|
.sys
|
sistema fayli
| Aksariyat matn muxarrirlari .bak kengaytmasidan fayl nusxalari uchun foydalanadilar. Fayl kengaytmasi qanday bo‘lishdan kat’iy nazar taxrir va o‘zgartishlardan so‘ng yozilgan fayl bilan birgalikda faylning avvalgi ko‘rinishi .bak kengaytmasi bilan saqlanadi. Ya’ni taxrir va o‘zgartirishlar noo‘rin bajarilgan bo‘lsa, faylning avvalgi xolatiga qaytish imkoniyati mavjud.
|
| |