Aida64 dasturidan foydalanish




Download 10.37 Mb.
bet79/102
Sana22.07.2021
Hajmi10.37 Mb.
#15514
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Aida64 dasturidan foydalanish.

AIDA 64 dasturi orqali kompyuterning ko’plab imkoniyatlarini ko’rish mumkin. Misol uchun shaxsiy kompyuterning ona paltasi, videoxotirasi, tezkor xotirasi, markaziy protsessorining qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lish mumkin.


Markaziy protsessor xarakteristikasi.



Markaziy protsessor haqida ma’lumot olish uchun dasturni ishga tushirib Sistemnaya plata->TSP bandiga o’tamiz. Bu yerdan biz markaziy protsessorning modeli, asosiy xarakteristikasi, ishlash quvvati, tipi, kesh xotirasi, shuningdek uning fizik tavsifi bo’lgan yadrosining hajmi va tranzistorlarining soni haqida ma’lumot olish mumkin.

 

 



Ona plataning xarakteristikasi.

 

 

Ona plata haqida gi ma’lumotlar “Sistemnaya plata” bandida joylashgan. Bu yerdan shinaning chastotasi, o’rnatilgan chipset, chastotasi, xotira shinasining xususiyati va boshqa ko’plab ma’lumotlarni olish mumkin.


Operativ xotira xarakteristikasi.

 

Tezkor xotira plankalari haqida ma’lumot olish uchun SPD (bu uncha katta bo’lmagan chip, u xotiraning o’zida joylashadi va dastur aynan shu chipdan barcha kerakli ma’lumotlarni o’qib oladi) bo’limni tanlash kerak. Bu bo’limdan biz operativ xotira modeli haqida, uning taymingi va seriya raqamini ko’rishimiz mumkin. Yana shu bo’limdan hozirda ishlatilayotgan BIOSning versiyasi haqida ham bilib olish mumkin.


Videoxotira xarakteristikasi.

Bu dastur orqali videoxotira xarakteristikasi haqida ham bilib olish mumkin. Buning uchun “Svoystva graficheskogo protsessor” bandiga kirish kerak. U yerda siz kompyuterda o’rnatilgan videoxotira qurilmasi haqidagi ma’lumot (tranzistorlar soni, xotira hajmi, chastotasi va boshqalar)ni olishimiz mumkin.



 

Qattiq disklar xarakteristikasi



 Va nihoyat Aida64 dasturi orqali ma’lumot yig’uvchilar – qattiq disk haqida bilib olish mumkin. Bu uchun Windows ma’lumotlarini yig’uvchilari bandiga kirish kerak. Bu banddan biz kompyuterimizga o’rnatilgan qattiq disk, uning modeli, hajmi, aylanish tezligi va ma’lumotlarga ruxsat, keshi va boshqa ma’lumotlarni olishimiz mumkin.




Download 10.37 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Download 10.37 Mb.