Operatsion tizimlar




Download 10.37 Mb.
bet83/102
Sana22.07.2021
Hajmi10.37 Mb.
#15514
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Windows NT Server 4.0 o‘rnatish uchun Internet serverining konfigurasiyasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-486/33 yoki undan yuqori, yoki Pentium prosessori yoki Pentium Pro(II) kompyuteri;

-160 Mb bo‘sh disk makoni;

- Intel prosessori, RISC yoki Windows NTServer 4.0 bilan moslashuvchan boshqa prosessor;

-tarmoq adapteri yoki boshqa tarmoq jihozi, tarmoq platasi mahalliy tarmoqqa ulangan;

-16 Mb operativ xotira;

- CD-ROOM yoki ulab qo‘yilgan tarmoq diski;

- VGA, Super VGA yoki Windows NTServer 4.0 bilan moslashuvchan grafik adapter.

Kompyuterga Windows NTServer 4.0 ni o‘rnatib bo‘lgach, Microsoft TCP/IP protokolini o‘rnatib (installyasiya qilib) uning yaxshi ishlab ketishi uchun kompyuterdagi har bir tarmoq platasi uchun IP -manzil, tarmoq qismi maskasi, shlyuz va uning DNS(Domain Name Systems) nomi berilib, avtomatik yo qo‘lda sozlab qo‘yiladi. So‘ngra kompyuterga WINS (Windows Internet Naming Service) va DNS serveri (agar lozim bo‘lsa) qo‘lda o‘rnatilib, u konfigurasiyalab qo‘yiladi, so‘ngra uning nomi va manzili o‘z ona (shajara bo‘yicha yuqori pog‘onadagi) serveridagi ro‘yxatga kiritib qo‘yiladi. DNS (tarmoqda bo‘lishi shart bo‘lsa), WINS bilan birlashtiriladi. WINS Microsoft kompaniyasi amal tizimlari boshqaruvi ostida ishlaydigan mijozlar nomlarini IP – manzil (kompyuter nomi)ga aylantirish xizmatini bajarsa, DNS bunday vazifani boshqa platformalarda ishlaydigan mijozlar va tugunlar nomlari uchun bajaradi..

Kompyuter – serverning tarmoq platasi mahalliy tarmoqqa ulanadi unga IIS o‘rnatiladi. IIS 2.0 dan keyin ishlab chiqilgan IIS 3.0 avvalgi server kabi uch asosiy server – Web-, FTP-, GOPHER serverlardan tashkil topgan bo‘lib, protokollarni taxlillashda multimediadan (Microsoft Netshow), foydalanuvchilarni autentifikasiyalash uchun SSL 3.0 (Security Socket Layer 3.0) protokolini va Microsoft Front Page qo‘shimchalarini qo‘llab-quvvatlovchi, ishlash uchun katta qulayliklar yaratuvchi qo‘shimcha vositalarga ega. SHundan sung internet xizmat turlarini sozlab chiqiladi va konfigurasiyalanadi.





Download 10.37 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Download 10.37 Mb.