|
Sxema va qurilish chizmalari
|
bet | 116/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриSxema va qurilish chizmalari
Sxemalar va ularning turlari haqida ma`lumotlar. Oddiy elektr va radio sxemalar. Qurilish chizmalari haqida umumiy ma`lumot. Binoning fasadi, plani va qirqimi. Qurilish chizmalariga o`lcham qo`yishning o`ziga xosligi.
Kompyuter yordamida oddiy chizmalarni yasash
Chizma yozuvlarni yozish. Tekis va hajmli shakl tasvirlarini yasash. Oddiy geometrik shaklni yasash. Berilgan jismning fazoviy holatini hamda shaklini o`zgartirish.
O`quvchilarning o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar
VIII sinf
Bilimlar
chizmalarning ahamiyati, tarixi, ishlab chiqarishdagi o`rni va vazifalari;
chizmachilik asboblari, materiallari, o`quv qurollari va ulardan foydalanish;
chizmalarni taxt qilish qoidalari, chizma qog`ozlarining o`lchamlari formatlari, asosiy yozuv va hoshiyalar;
kichraytirish va kattalashtirish masshtablari;
chizmalar bajarishda asosiy tutash chiziq, ingichka tutash chiziq, to`lqinsimon tutash chiziq, shtrix chiziq hamda shtrix-punktir chiziqlarning yo`g`onligi, qo`llanishi va ularning vazifalari;
standart shriftlarning 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14 o`lchamlari, 5 va 7 shriftlarda lotin alfaviti bo`yicha bosh va yozma harflar, raqamlar tuzilishni bilish;
o`lcham qo`yish qoidalari;
burchaklar yasash va teng bo`laklarga bo`lish;
qiyaliklar va konusliklarni yasash;
sirkul va lekalo yordamida ovallar, ellipslar egri chiziqlarni bajarish;
markaziy va parallel proyeksiyalash;
oktant va epyur haqidagi umumiy tushunchalar;
nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning bitta ikkita, uchta o`zaro perpendikulyar tekisliklarda proyeksiyalarini yasash;
detal chizmalarni tahlil qilib, ularni fikran geometrik jismlarga ajratish;
chizmalarni o`qish tartib qoidalari;
modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo`yicha UCHINCHI ko`rinishini yasash;
asosiy ko`rinishlar va ularni joylashtirish tartibi;
mahalliy va qo`shimcha ko`rinishlar haqidagi ma`lumotlar;
aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilish va ularning turlari.
|
| |