|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 1/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастури
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI
Uzviylashtirilgan Davlat ta`lim
standarti va o`quv dasturi
(Mehnat ta`limi, tasviriy san`at, chizmachilik, musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya)
(1–9 sinflar)
TOSHKENT 2010
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGINING
QO`SHMA HAY`AT MAJLISI
QARORI
2010 yil 1 iyul № 6/2 / 4/1 Toshkent sh.
Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitiladigan umumta`lim fanlari hamda oliy ta`limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash to`g`risida
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta`lim, sog`liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo`shma yig`ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Oliy va o`rta maxsus va Xalq ta`limi vazirliklarining 134- va 62-sonli qo`shma buyruqlariga asosan umumta`lim fanlarining barcha yo`nalishlari bo`yicha umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta`lim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga ega amaliyotchi o`qituvchilari, yetakchi olim, metodist va mutaxassislarni jalb etgan holda 31 ta ishchi guruhlari tuzildi.
Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o`rta, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limining Davlat ta`lim standartlarining sharhlari, o`quv dasturlari va darsliklari uzviylik, uzluksizlik hamda o`quvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi jihatidan tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.
Tahlillar asosida o`quvchilarning yoshi imkoniyatlari va psixofiziologik xususiyatlariga asoslanmasdan umumta`lim fanlari o`quv dasturlariga kiritilgan yoki 12 yillik majburiy ta`limga o`tish davrida quyi bosqichlarga o`tkazilgan, sinflar, ta`lim bosqichlari (umumiy o`rta va o`rta maxsus kasb hunar ta`limi) mazmunida takrorlangan, izchilligi ta`minlanmagan jami 813 soat hajmdagi mavzular aniqlanib, optimallashtirildi.
Shundan, 247 soat hajmdagi mavzular umumiy o`rta ta`lim o`quv dasturlaridan chiqarilib, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga, 327 soat hajmdagi mavzular esa sinfdan-sinfga o`tkazildi, 239 soat hajmdagi mavzular sinflarda takrorlanganligi uchun qisqartirilib, maqbullashtirildi.
Yorta maxsus, kasb-hunar ta`limiga o`tkazilgan va sinflar kesimida maqbullashtirilgan soatlar hisobidan amaliy mashg`ulotlar uchun qo`shimcha 240 soat, murakkab mavzularni kengaytirib o`qitish uchun 359 soat, yangi mavzular uchun 214 soat ajratildi.
Yorta maxsus, kasb-hunar ta`limida 413 soat hajmdagi mavzular optimallashtirilib, 333 soat hajmdagi mavzularga qo`shimchalar kiritilib to`ldirildi va qolgan 80 soati mavjud mavzular tarkibiga singdirildi.
Natijada, umumiy o`rta ta`lim davlat standartlarining sharhlari va umumta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb hunar kollejlarida o`qitiladigan 18 ta umumta`lim fanlari bo`yicha o`quv dasturlari qayta ishlandi hamda Respublika ta`lim markazi huzuridagi fanlar bo`yicha Ilmiy-metodik kengashlar hamda Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning fan komissiyalarida muhokama etilib, tasdiqlandi.
Bundan tashqari, barcha umumta`lim fanlari bo`yicha o`qituvchilar uchun taqvim-mavzu rejalarining namunalari ishlab chiqildi hamda optimallashtirilgan o`quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Shu asosda umumiy o`rta ta`limda foydalanib kelinayotgan darsliklar mazmuniga ham tegishli o`zgartirishlar kiritildi, masalan, 8-sinf iqtisodiy bilim asoslari fanidan 6,3%, geografiya fanidan 3,5%, 9-sinf biologiya fanidan (tsitologiya va genetika asoslari) 6,2% o`zgarishlar darsliklar mazmuniga singdirildi.
Shuningdek, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limdagi umumta`lim fanlari hamda oliy ta`limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash maqsadida oliy ta`limning o`quv dasturlari qayta ishlanib, ularning takomillashtirilgan loyihalari tayyorlandi.
Oliy ta`lim tizimidagi bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining uzluksizligi va uzviyligi, fanlar mazmunidagi takrorlanishlarni bartaraf etish va o`quv reja hamda dasturlarni optimallashtirish, shuningdek ta`lim sifatini oshirish maqsadida Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga mos holda sakkizta bilim sohasi bo`yicha tashkil etilgan Ishchi guruhlari tomonidan tanlangan bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari-ning uzluksizligi va uzviyligi tanqidiy tahlil qilindi.
Ishchi guruhlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va ushbu yo`nalishlarga mos keluvchi magistratura mutaxassisliklari o`quv rejalari, o`quv soatlarini solishtirish, o`quv dasturlari va ularning mazmunini taqqoslab chiqish, fanlar bo`yicha tavsiya etilgan o`quv adabiyotlari (darslik va o`quv qo`llanmalari)ni tanqidiy tahlil qilish asosida o`quv reja va dasturlarini optimallashtirish hamda ta`limning uzluksizligi va uzviyligini ta`minlash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarini unifikatsiyalash, iqtisodiyot tarmoqlari, boshqaruv va xo`jalik yuritish sub`ektlari uchun chuqur va fundamental, ayniqsa yuqori va innovatsion texnologiyalar bo`yicha bilimlarga ega bo`lgan kadrlar tayyorlashni yo`lga qo`yish maqsadida Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatorining yangi tahriri tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Klassifikatorga yangidan kiritilgan 4 ta bakalavriat yo`nalishlari va 128 ta magistratura mutaxassisliklari, birlashtirilgan 25 ta bakalavriat yo`nalishlari va 275 ta magistratura mutaxassisliklari, shuningdek nomi va shifri o`zgartirilgan ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta`lim standartlari rivojlangan xorijiy davlatlar va respublikada to`plangan ilg`or tajribalar asosida yaratildi hamda ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar, Fanlar Akademiyasining tarmoq institutlari va turdosh oliy ta`lim muassasalari bilan kelishildi.
Bugungi kunda “Yozstandart” agentligiga topshirilgan 1258 ta Davlat ta`lim standartlaridan 583 tasi ro`yxatdan o`tkazildi va bu jarayon davom etmoqda.
Kun tartibidagi masalani har tomonlama muhokama qilgan holda, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari umumta`lim fanlari hamda oliy ta`limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash maqsadida, qo`shma Hay`at majlisi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitiladigan umumta`lim fanlari hamda oliy ta`limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi axborot ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Respublika ta`lim markazi huzuridagi fanlar bo`yicha Ilmiy-metodik kengashlar hamda Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning fan komissiyalarining qo`shma qarorlari bilan tavsiya etilgan umumiy o`rta, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limining umumta`lim fanlari bo`yicha uzviylashtirilgan o`quv dasturlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin va 2010-2011-o`quv yilidan amaliyotga joriy etilsin.
3. Umumta`lim fanlari bo`yicha uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish bo`yicha monitoring guruhi 2-ilovada berilgan tarkibda tasdiqlansin.
4. Yoqituvchilar uchun ishlab chiqilgan taqvim-mavzu rejalarining namunalari hamda uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik tavsiyalar 3-ilovaga muvofiq ma`qullansin.
5. Uzviylashtirilgan davlat ta`lim standartlarining sharhlari, o`quv dasturlarining mazmun-mohiyatini o`rganish bo`yicha umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilarining o`quv-seminarlarini o`tkazish tartibi 4-ilovaga va o`quv-mavzu rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Umumta`lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi (Y.Asadov), Ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi (F.Ahmedov), Respublika ta`lim markazi (I.Zokirov), Yorta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi Ta`lim standartlari va o`quv adabiyotlarini takomillashtirish boshqarmasi (R.Nimatov), Oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi (B.Raximov)ga:
umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari uchun o`tkaziladigan o`quv-seminarlarini belgilangan muddatlarda yuqori saviyada o`tkazilishini ta`minlash;
pedagog xodimlarning avgust kengashlarida umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilarining umumta`lim fanlari bo`yicha sho`ba ishlarini birgalikda tashkil etish;
joriy yilning 15 avgustiga qadar uzviylashtirilgan davlat ta`lim standartlarining sharhlari, o`quv dasturlarini Xalq ta`limi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklarining ta`lim partallariga joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
7. Xalq ta`limi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi (U.Daulanov), Respublika ta`lim markazi (I.Zokirov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi (A.Narimbetov), Yorta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi (E.Ermatov) ga:
ichki imkoniyatlar doirasida hamda xomiylarni jalb etgan holda barcha umumta`lim fanlari bo`yicha uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik tavsiyalar va taqvim-mavzu rejalar namunalarini chop ettirish uchun mablag`larni izlab topish;
umumta`lim fanlari bo`yicha uzviylashtirilgan davlat ta`lim standartlarining sharhlari va o`quv dasturlarini bosqichma-bosqich o`qitish tillari (rus, qoraqalpoq va boshq.)ga tarjima qilish;
umumta`lim fanlari bo`yicha uzviylashtirilgan davlat ta`lim standartlarining sharhlari va o`quv dasturlari, ularni o`quv jarayoniga joriy etish bo`yicha tayyorlangan metodik tavsiyalar, taqvim-mavzu rejalar namunalarini har bir ta`lim muassasasiga yetkazish vazifalari yuklatilsin.
8. Xalq ta`limi vazirligi Ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi (F.Ahmedov), A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti (M.Aliev), Oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi (B.Raximov), Yorta maxsus, kasb-hunar ta`limi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti (X.Rashidov) va hududiy pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlariga:
umumta`lim fanlari o`qituvchilarining malakasini oshirish kurslari o`quv rejalarini uzviylashtirilgan davlat ta`lim standartlarining sharhlari hamda o`quv dasturlari mazmunidan kelib chiqqan holda qayta ko`rib chiqish;
umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalariga uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish bo`yicha amaliy-metodik yordam ko`rsatish vazifalari yuklatilsin.
9. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari (U.Tashkenbaev) umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limdagi umumta`lim fanlari hamda oliy ta`limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash maqsadida qayta ishlangan va takomillashtirilgan oliy ta`limning o`quv dasturlari loyihalarini Oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan o`tkazish, kelishish va o`rnatilgan tartibda tasdiqlatish hamda 2010-2011-o`quv yilidan amaliyotga joriy etish yuzasidan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarini ko`rsin.
10. Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi, Toshkent shahri, barcha viloyatlar xalq ta`limi va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmalariga:
2010-2011-o`quv yilidan umumta`lim fanlaridan uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish bo`yicha aniq tashkiliy- pedagogik chora- tadbirlarni belgilab, amalga oshirish;
umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari uchun o`tkaziladigan o`quv-seminarlarining muddatida, tegishli mutaxassislarni to`liq jalb etgan holda, yuqori saviyada o`tkazilishini ta`minlash;
har bir ta`lim muassasasini o`quv dasturlari, taqvim -mavzu rejalari namunalari va ularni ta`lim jarayoniga joriy etish bo`yicha metodik tavsiyalar bilan ta`minlash;
pedagog xodimlarning avgust kengashlarida umumta`lim fanlari bo`yicha sektsiyalar ishini, umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilarini jalb etgan holda, birgalikda o`tishini ta`minlash;
umumta`lim fanlaridan uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish ishlarining monitoringini olib borish va har CHORAK yakuni bilan Xalq ta`limi vazirligi va Yorta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi monitoring guruhiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
Belgilab qo`yilsinki, umumta`lim fanlaridan uzviylashtirilgan o`quv dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish, uning monitoringini olib borish, natijalarni tahlil etib, hisobotlar tayyorlash ishlarini tashkil etishga ta`limning hududiy boshqaruv idoralari va ta`lim muassasalari rahbarlari shaxsan masuldirlar.
11. Ushbu qo`shma qaror qabul qilinishi munosabati bilan
Xalq ta`limi vazirligining 2009 yil 26 iyundagi 6/4-sonli qarori, Yorta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi va Xalq ta`limi vazirligining 2009 yil 6 oktyabrdagi 41QB/273-sonli, Oliy va o`rta maxsus hamda
Xalq ta`limi vazirliklarining 31 martdagi 134- va 62-sonli qo`shma buyruqlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorati Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosarlari U.Toshkenbaev, Sh.Javlonov va
Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari B.Daniyarov zimmalariga yuklatilsin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri
|
|
O`zbekiston Respublikasi
Xalq ta`limi vaziri
|
_______________ B.Xodiev
|
|
______________ A.Maraximov
|
|
| |