|
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi
|
bet | 14/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриIshlab chiqarish asoslari bo`limi: O`zbekiston xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston qishloq xo`jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va ularning istiqbollari. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlari. Issiqxonalarda ekin yetishtirish texnologiyasi. Dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yo`nalishlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
|
| |