|
-sinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak
|
bet | 15/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастури5-sinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi; metalga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari; metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarning tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va freza turlari; vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, metall qalam va boshqalar; metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari; yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash; metall buyumlarni harakatsiz va yarim harakatchan biriktirish turlari; metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi va dizayn elementlari; metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari; duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar; duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va randalar turlari; iskanalar, bolta va teshalar; bolg`alar va ularning turlari; egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi hamda turlari; yog`ochga ishlov berish stanoklari; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; duradgorlik buyumlaridan detallarini tayyorlash; duradgorlik birikmalari to`g`risida ma`lumotlar; yelimlash, mixlar, burama mixlar va boshqa vositalar bilan biriktirish; buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish; duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruktsiyalash; yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish; yog`ochga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
|
| |