• Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak
  • Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi
  • Elektrotexnika ishlari
  • Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash




    Download 1,7 Mb.
    bet23/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlarni, xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, xona va fanlar bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlashni bilish.

    Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:


    Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga ishlov berish, materiallarning xususiyatlarini aniqlay olish; o`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini bajara olish, metallga ishlov beruvchi asboblarning ishchi qismlarini sozlash va ta`mirlash; parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ishchi detallarni ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli sarflashni rejalash; metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bajara olish.
    Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta materiallarining turlarini va xususiyatlarini aniqlash; yog`och asosli yarimtayyor mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash; yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov berish asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni sozlash va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalariga amal qilish; silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan buyumni tanlash, rejalash, o`lchash; yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlay olish.
    Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlata olish.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216




    Download 1,7 Mb.