• Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi;
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet25/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari; un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati hamda ahamiyati; pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati; sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilish va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi; qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari; sut va sut mahsuloti turlari; sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati; xamir turlari; o`zbek milliy taomlarini (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari; o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi; dasturxon, salfetka-sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvishni bilish.
    Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi; xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi; jun va ipak tolalarining xossalari; furnitura haqida umumiy ma`lumot; ilgaklar, halqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash; taqilma turlari; oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi; ishlash prinsipi; oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash; tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish; tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish; beldan kiyiladigan kiyim turlari; yubkalar haqida ma`lumot; o`lchov olish; yubka chizmasini chizish, modellashtirish. gazlama ustiga andozani joylashtirish, yubkani bichish va tikish; zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi; zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar, asbob-uskunalar, naqsh turlari, ish o`rnini tashkil qilish, bo`zni korcho`pda taranglab tortish, zamindo`zi va guldo`zi usulida tikishni bilish; choynak yopqichga gul naqshini zar ipdan tikish, buyumga oxirgi ishlov berishni bilish; nozmunchoq (biser) va undan foydalanish haqida ma`lumot, nozmunchoq to`qish uchun zaruriy xomashyo va moslamalar, nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar to`qishni bilish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi, do`ppini bichish, bo`laklarga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikib, tugatish, bo`laklarni bir-biriga ulash, ishni yakunlash qoidalarini bilish; qiz bolalar sumkachasini tikish texnologiyasi, andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, sumkachani bichish, sumkacha bo`laklariga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikish, qiz bolalar sumkacha bo`laklariga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston bilan tikib, tugatish, bo`laklarni bir-biriga ulash, ishni yakunlash qoidalarini bilish.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.