|
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash
|
bet | 28/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриUy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlarni, xona interyeri va jihozlanish dizayniga talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi, sifati va hosildorligini aniqlay olish; o`simlikliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullarini egallay olish; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollardan ish jarayonida qo`llay olish; mahalliy hududda keng tarqalgan asosiy yo`nalishlar (bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar) faoliyatining ish usullarini egallay olish; chorvachilikda (mahalliy hudud asosida) quyonlar, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayoni, parvarishlash usullarini egallay olish.
Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlata olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy tuproq hosildorligini aniqlash; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini ish faoliyatida qo`llash; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari bo`yicha amaliy ishlarni bajarish; chorvachilik, otlar, quyonlar o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini boshqarish; ish, mahsulot va hayvonlarni parvarishlashda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
|
| |