|
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak
|
bet | 36/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриQishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini, organik va mineral o`g`itlar solish, urug`lar, ekinlar ekish, ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni yig`ishtirishning ilg`or usullarini bajarish, uy hayvonlarini parvarish qilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar (Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimini sxematik tasvirini tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayday ta`mirlash ishlarini bajarish.
8-cinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini, mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.
|
| |