Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini qo`llay olish.
Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlay olish va unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini farqlay olish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajarish.
Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`im tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishini va o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini farqlash.
“Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
|