|
Ishlab chiqarish asoslari
|
bet | 45/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриIshlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini; qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyatini; dehqonchilik, chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yo`nalishlari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalarini; ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslarini; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishni; dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
“Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallay olish; maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qila olish.
“Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
|
| |