|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 47/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриRivojlantiruvchi vazifa – o`quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta`limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo`lib yetishishlariga yordam berish.
Ijodiy vazifa – mehnat ta`limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko`nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo`lishini ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.
Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish.
Maktabda mehnat ta`limidan o`tkaziladigan mashg`ulotlar qo`yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
-o`quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishga tayyorlash;
- o`ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o`ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o`z ishini va o`rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o`rgatish;
- o`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog`lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
Mehnat ta`limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan boshlab o`quvchilar kamida uchta yo`nalish bo`yicha tayyorgarlik ko`rishlari nazarda tutiladi. Masalan, qiz, o`g`il bolalar hamda ular uchun umumlashgan yo`nalishlar tanlanishi mumkin.
Mehnat ta`limining yo`nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta`limining quyidagi yo`nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:
Texnologiya va dizayn
Servis xizmati
Qishloq xo`jalik asoslari
Ushbu ta`lim yo`nalishlari mazmunan xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo`naltirish bilan uyg`unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish ketma – ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo`nalish bo`yicha ishlatiladigan elektr, ilg`or texnika va texnologiyalar asoslari o`rgatiladi.
Mazkur yo`nalishlar yuzasidan quyidagi bo`limlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi:
1-4 cinflar uchun:
1. Qog`oz va karton bilan ishlash.
2. Gazmol va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Plastilin va loy ishi.
4. Turli materiallar bilan ishlash.
5. Badiiy qurish-yasash.
5-7 sinflar uchun:
1. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi.
2. Metallga ishlov berish texnologiyasi.
3. Uy-ro`zg`or buyumlarni ta`mirlash.
4. Elektrotexnika ishlari.
8-9 sinflar uchun:
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Ishlab chiqarish asoslari.
3. Kasbga yo`naltirish asoslari.
Har bir dars mashg`ulotida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilinadi.
O`quvchilarga mehnat ta`limi yo`nalishlari bo`yicha kasblar turlari haqida axborotlar beriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 5-9 sinflarida o`quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo`lsa, moddiy texnik va kadrlar ta`minoti yetarli bo`lsa mehnat ta`limi darslari shu sinflardagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lgan holda olib boriladi.
Mehnat ta`limining barcha yo`nalishlari bo`yicha 5 va 6 – sinflarda 6 kun (24 soat), 7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat), jami 160 soat amaliyot o`tkazish rejalashtirilgan.
Amaliyotning maqsadi - o`quvchilarga o`rgatilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida qatnashish orqali (sanoat, qishloq xo`jalik va umumiy ovqatlanish korxonalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasa yoki hunarmand ustalar huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iborat. Amaliyot ta`lim muassasasi yoki ishlab chiqarish korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o`quv yilida ko`zda tutilgan ta`til vaqtida o`tkaziladi.
|
| |