|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 43/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
“Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarni tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlashni bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish, uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini, olinadigan daromad, uni taqsimlash qoidalari; ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, texnologiya asosida mahsulot namunasini tayyorlashni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
“Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
|
| |