|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 41/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularni bir-biridan farqlash.
9-sinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlashni bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati, ularning mazmuni, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini, olinadigan daromad hamda uni taqsimlash qoidalari, ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
|
| |