|
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash
|
bet | 24/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриUy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona intereri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga ishlov berishda materiallarning xususiyatlaridan to`g`ri foydalanish; buyum va mahsulotlarni tayyorlashda o`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini bajarish; metallga ishlov beruvchi asboblarning ishchi qismlarini sozlash va ta`mirlash; parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ishchi detallarni ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini chizish, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli sarflash; metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini qo`llash.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta materiallarining turlarini va xususiyatlari hamda yarimtayyor mahsulotlarni ishlatilish sohalarini aniqlash; yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov berish asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni sozlash va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarini ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish; silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan buyumni tanlash, rejalash, o`lchash; yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
“Servis xizmati” bo`yicha quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
|
| |